Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Xitoydan taklif oldi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, murabbiy hozirda Xitoyning eng boy insonlaridan biri — Xu Szyain bilan muzokara olib bormoqda. Mourinyo "Guanchjou Evergrand" klubi yoki Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin. Xitoyliklar mutaxassisga juda yaxshi shartnoma taklif qilishga tayyor.