Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Tokio-2020ga teskari sanoq berilishi, tantanovor kuy-qo‘shiqlar va “Olimpiya kuni”ning boshqa voqeliklari

Tokio-2020ga teskari sanoq berilishi, tantanovor kuy-qo‘shiqlar va “Olimpiya kuni”ning boshqa voqeliklari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha, poytaxtimizdagi “Humo arena”da “Olimpiya kuni” katta shodiyona bilan nishonlandi. Aytish mumkinki, bu bayram barcha sport ixlosmandlarini, federasiya va assosiasiya vakillarini, qalbi jo‘shqin yoshlarni o‘zida birlashtira oldi. “Humo arena” atrofida mehmonlar uchun barcha sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilgan bo‘lsa, chinakam tadbir 19:00 da boshlandi.

dastur avvalida boshlovchilar uzoq va yaqin o‘tmishimizdagi, zamonimizdagi sport afsonalarini taklif etib, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadosi ostida tadbirning ochilish marosimi boshlandi. Shundan so‘ng muxlislarga “Olimpiya kuni” haqida yana bir bor ma’lumot berilib, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning bayram tabrigi eshittirildi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvoxidov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov so‘zga chiqib, muhtaram yurtboshimiz boshchiligida sportga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarimizning xalqaro maydonda qayd etayotgan yuqori natijalari, jismoniy tarbiya va sportning hayotimizdagi ahamiyati haqida to‘xtaldilar va sportchilarimizga bo‘lajak Olimpiada yo‘lida ulkan zafarlar tilab qolishdi.

Tadbirning eng e’tiborli jihatlaridan biri Tokio Olimpiadasiga teskari sanoq berilishi bo‘ldi. Katta ahamiyatga ega mazkur vazifani sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina va sportga endi qadam qo‘yayotgan yosh vakillarimizlan biri birgalikda bajarishdi. Ramziy tugma bosilgach, Tokio Olimpiadasiga roppa-rosa 383 kun qolganini ifodalovchi teskari sanoq ham ishga tushdi.

Cportchilarimiz nafaqat maydonda, balki ijodda ham serqirra. Tadbir davomida ko‘zga ko‘ringan atletlarimiz O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub “O‘zbegim” she’ridan parchalar aytib, muxlislarga adabiyot bobida ham namuna ekanliklarini ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, san’atkorlar qo‘shig‘iga sportchilarimizning badiiy chiqishi kechaga yanada ko‘rk berdi. Shuning bilan yig‘ilgan muxlislar, sportimiz va estradamiz yulduzlari ishtirokida “Olimpiya kuni”ga bag‘ishlangan kata gala-konsert boshlanib ketdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:50, 07.07.2019.
O'qildi: 1825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик