Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -1

Ushbu rukndagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz.

«Napoli» Ikardiga 7,5 million yevro taklif qilmoqda

“Italiyaning «Napoli» klubi argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan jiddiy qiziqib qoldi”, -  deb xabar bermoqda «Sky sport» nashri.
Unga ko‘ra «Napoli» futbolchining agenti va xotini sanaladigan Vanda Nara bilan bo‘lgan suhbatda futbolchining maoshi va bonus pullari borasida gaplashib olishdi.
Ikardining o‘zi tezroq «Inter»ni tark etish niyyatida va unga hozirning o‘zida «Atletiko Madrid» va «Yuventus»dan takliflar bo‘lmoqda.

De Ligt masalasi cho‘zilib ketdi

Mino Rayola bergan xabarlarga ko‘ra «Ayaks» klubi sardori De Ligt va «Yuventus» o‘zaro kelishuvga erishgan va shaxsiy shartnomaning barcha bandlarini ko‘rib chiqishgan. Endilikda ikki klub futbolchining transfer summasini kelishib olsa bo‘lgani.
Ishonchli manbaalarning xabar berishicha, futbolchi «Yuve» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va uning yillik maoshi 9 millionni tashkil etadi.

Totti «Real Madrid»da ish boshlashi mumkin

Futbolchilik davrida «Real Madrid»ning bir nechta taklifini rad etgan italiyalik afsona «qirollik klubi» safiga o‘tishga yaqin turibdi. To‘g‘ri, futbolchi sifatida emas,  klub elchisi vazifasida faoliyat olib borishi mumkin.
Futbolchi o‘zining to‘liq kariyerasini Rimning «Roma» klubida o‘tkazdi va faoliyatini yakunlagach klub direktori lavozimida ish boshlagan edi. Afsuski, uning fikrlari bilan rahbariyat hisoblashishni istamadi va 2017 – yilda  Totti o‘z xohishi bilan postni tashlab ketdi.

«Barselona» futbolchi sotishda davom etadimi?

Katoloniya super klubi sharafini himoya qilayotgan Rafinya o‘z jamoasini o‘zgartirish maqsadidan qaytmayapti. Gap shundaki, o‘zi shundoq ham asosiy tarkibdan to‘liq joy ola bilmagan futbolchining pozisiyasiga Frenki de Yongni xarid qilinishi Rafinyani qattiq ranjitgan.
Hozirda futbolchi o‘zi uchun boshqa klub izlash bilan band. Uning keyingi manzili «Valensiya» klubi bo‘lishi mumkin va futbolchining transfer qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Chicharito sayohat qilishda davom etadi

Italiyaning «Fiorintina» klubi «Vest Hem» hujumchisi sanaladigan Chicharito bilan qiziqib qoldi. Unga ko‘ra italiya klubi bu mavsum oldidan birinchi navbatda meksikalik futbolchining transferini amalga oshirish maqsadida.
Futbolchining o‘zi esa  klubdan ketishni istamoqda. U APLda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi va yangi sarguzashtlar izlab Italiyaga yo‘l olishni istamoqda
Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, Chicharitoning transfer narxi 12 million atrofida.

«Manchester Yunayted» yangi hujumchi olmoqchi

Britaniyaning «Mirror» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra «Manchester Yunayted»  «Seviliya» klubi hujumchisi Visam ben Yeder bilan jiddiy qiziqib qolgan. «Qizil iblislar»  uni hademay jamoani tark etishi kutilayotgan Lukakuning o‘rniga xarid qiladi. Xabaringiz bor, belgiyalik futbolchi bilan Italiyaning 3 ta grand klublari shartnoma tuzish ilinjida.
Visam ben Yeder borasida «Manchester Yunayted» rasman taklif jo‘natganicha yo‘q. «Qizil iblislar» Lukakuning transferi hal bo‘lgachgina muzokaralarga kirishmoqchi bo‘lib turishibdi.
Fransiyalik futbolchidan tashqari Mauro Ikardi variyanti ham mavjud bo‘lib, «Man Yunayted» o‘zi uchun ikki hujumchidan birini tanlab oladi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 23:17, 07.07.2019.
O'qildi: 7835 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.