Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Universiada-2019: Delegasiyamiz musobaqani 8 ta medal bilan yakunladi

Universiada-2019: Delegasiyamiz musobaqani 8 ta medal bilan yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning Neapol shahrida talabalar o‘rtasida Butunjahon Universiada o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida suv polosi bo‘yicha uchinchi o‘rin va g‘oliblik uchun 2 ta uchrashuv o‘tkaziladi xolos. Qolgan barcha bellashuvlarda g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.

Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bellashuvlarida ham finalda ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Tennischilarimizning umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani evaziga yana bir oltin medal yozildi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha tennis bahslarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan jamoaga ham yana bir oltin medal beriladi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegasiyasi bu yilgi Universiada o‘yinlarini 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi. Eng ko‘p medallarni Yaponiya terma jamoasi jamg‘ardi. Kun chiqar yurt vakillari 33 ta oltin, 21 ta kumush va 28 ta bronza medallarini to‘plashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu natija bilan delegasiyamiz musobaqani umumjamoa hisobida 112 mamlakat orasida19-pog‘onada yakunlamoqda. Bu Osiyo mamlakatlari orasida oltinchi, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha esa eng yaxshi natija bo‘ldi. Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi talaba sportchilari Universiadada 1 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medalini jamg‘arishdi.

Neapol Universiadasida qo‘lga kiritilgan medallarimiz:

Oltin:
Tennis (juftlikda, Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev)
Tennis (umumjamoa hisobida)

Kumush:
Niyoz Po‘latov (taekvondo, -63 kg.)
Humoyun Sultonov (tennis, yakkalik)

Bronza:
Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg.)
Hikmatilloh To‘rayev (dzyudo, -73 kg.)
Muhammadkarim Xurramov (dzyudo, -100 kg.)
Davlat Bobonov (dzyudo, mutlaq vazn)

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:52, 14.07.2019.
O'qildi: 3774 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик