Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shaxmat. Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga o‘z nihoyasiga yetdi

Shaxmat. Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga o‘z nihoyasiga yetdi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga o‘z nihoyasiga yetdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federasiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan chempionatda, yurtimizning eng kuchli 13 nafar shaxmatchisi g‘oliblik uchun o‘zaro dona surdilar.

13 tur davom etgan chempionatda Marat Jumayev, Nodirbek Yaqubboyev, Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliyev va Javohir Sindorov kabi shaxmatchilarimiz qolgan raqiblaridan o‘z tajribalari va o‘zgacha o‘yin uslublari bilan ajralib turdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda 10 ochko to‘plagan Javohir Sindorov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rin bir xil 8,5 ochko to‘plagan N.YOqubboyev va N.Abdusattorovga nasib etdi.

O‘zbekiston shaxmat federasiya matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, birinchi o‘ringa 8.700.000 so‘m, ikkinchi o‘ringa 6.000. 000 so‘m, uchinchi o‘ringa 3.500.000 so‘m pul mukofoti berildi va umumiy bo‘lib 13 shaxmatchidan yuqori 8 likka kirganlar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. (4-o‘rin - 2 million, 5-o‘rin - 1.5 million, 6-o‘rin - 1.3 million, 7-o‘rin - 1.1 million, 8-o‘rin - 900.000 so‘m)

1 chi o‘rinni egallagan Sindarov Javohir O‘zbekiston Shaxmat tarixida eng yosh chempionga aylandi.

Kiritildi: 14:40, 16.07.2019.
O'qildi: 2434 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик