Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Bunyodkor»: Minskdagi o‘n birinchi kun (video)

«Bunyodkor»: Minskdagi o‘n birinchi kun (video)

Baho:
+ | -

"Bunyodkor"ning Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakunlandi.

Bugun yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Rossiyaning «Smolenks» futbol klubiga qarshi o‘yin gollarga boy tarzda kechdi. Vadim Abramov mazkur bahsda bir kun avvalgi uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilarning xizmatidan foydalandi.

Hisob Rossiya jamoasi tomonidan ochildi. Lekin futbolchilarimiz uch daqiqa ichida ikkita gol bilan javob qaytardi. Ammo tanaffusga 2:2 hisobidagi durang bilan chiqib ketildi. Ikkinchi bo‘lim avvalida raqib uchinchi marta muvaffaqiyatga erishdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Mirjahon Mirahmadov uchrashuvga nuqta qo‘ygan gol muallifiga aylandi.

O‘yindan so‘ng murabbiylar shtabi jamoa ko‘rigida bo‘lgan hujumchi Muhammad Diallo bilan do‘stona xayrlashdi. Qolgan ikki legioner Yevgeniy Chumak va Dmitriy Ostrovskiyning taqdiriga shu kunlarda oydinlik kiritiladi.

NAZORAT UCHRASHUVI
«SMOLENSK» (Rossiya) – «BUNYODKOR» - 3:3 (2:2)
«Smolensk»: Nikita Bajanov, Aleksandr Volkov, Semyon Yegorov, Ilya Davidov (Kirill Avximovich, 64), Maksim Kovalev, Maksim Stogov, Anton Vinokurov, Ivan Masigura (Ivan Fisunov, 46), Kirill Chernov, Vladislav Davidov, Maksim Akale.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Sanjar Rixsiboyev (Mirjahon Mirahmadov, 46), Boburbek Farhodov, Muhammadodil Qahramonov, Yevgeniy Chumak, Nurillo To‘xtasinov, Valeriy Akopov (Abdulla Abdullayev, 46), Dmitriy Ostrovskiy, Jasurbek Jaloliddinov, Farrux Ikromov, Vladislav Nuriyev (Muhammad Diallo, 64).
Gollar: Maksim Akale, 30 – 1:0. Jasurbek Jaloliddinov, 36 – 1:1. Nurillo To‘xtasinov, 39 – 1:2. Maksim Stogov, 42 – 2:2. Vladislav Davidov, 56 – 3:2. Mirjahon Mirahmadov, 90 – 3:3.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 05:05, 22.07.2019.
O'qildi: 6283 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.