Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/05 19:00 Surxon 1-0 So‘g‘diyona
31/05 19:30 OKMK 1-0 Metallurg
02/06 00:00 Borussiya D - Real Madrid
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

Ular qolishga va’da berishgan edi

Ular qolishga va’da berishgan edi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol olamida ko‘plab o‘z jamoasiga sodiq futbolchilarni uchratish mumkin. Stiven Jerarrard,Zenetti, Puyol singari futbolchilar so‘zlarimizga isbot bo‘la oladi. Shunday bo‘lsada, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, ayim futbolchilar borki, klub muxlislariga hech qayerga ketmaslikka va’da berishsada, o‘z so‘zlarining ustidan chiqa olishmagan. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi

Gonzalo Iguain

Argentinalik futbolchi «Real Madrid» safida qanchalar urunmasin top hujumchi darjasiga chiqa olmagni hech kimga sir emas. «Qirollik klubi» argentinalik futbolchini «Napoli»ga sotib yuborganida ko‘pchilik uning kariyerasida pasayish kuztlishini tahmin qilgan edi. Buni qarangki, futbolchi «Napoli» safida o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkaza boshladi va deyarli har bir uchrashuvda gol kiritib o‘zining eng ajoyib mavsumlarini o‘tkaza boshladi. O‘zining qiziqqonligi bilan ajralib turuvchi «Napoli» muxlislari uni o‘z qarindoshlaridek yaxshi ko‘rib qolishdi va uning jamoa bilan yangi shartnoma imzolashini sabrsizlik bilan kuta boshlashdi. Bu klubda o‘zini bahtli his qilayotganini, o‘z klubini endigina topganini  OAV orqali tinimsiz e’lon qilayotgan Iguain yashirin tarzda «Yuventus» bilan muzokaralar olib boradi. «Napoli» o‘z yulduziga yangi shartnoma taklif qilgan bir paytda Iguain «Yuventus» jamoasi bilan kelishuvga erishganini e’lon qiladi. Bechora muxlislar o‘z kumirlarini bir kunda klub xoyiniga chiqarib qo‘yishadi. O‘sha kuni Iguain nomli minglab futbolkalar ommaviy tarzda yoqib yuborilgani hech kimning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas…

Neymar

186 ta  uchrashuvda 105 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan Neymar «Barselona» muxlislarning yoqimtoyi bo‘libgina qolmay, butun dunyoga nom taratdi. Unga mashxurlikni aynan «Barselona» jamosi olib keldi va futbolchi Messi va Ronaldu darajasidagi futbolchi deya hisoblana boshlandi. Kataloniya klubi uzoq kutgan treblni qo‘lga kiritishda katta hissa qo‘shgan futbolchini esa, muxlislar yoqtirib qolishdi. 2016 – 2017 – yillarga kelib OAV tomonidan tinimsiz Neymarning ketishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Futbolchining boshqa klubga o‘tishidan asosiy maqsad Messining soyasidan chiqib o‘zini to‘liq namoyish etish deya tahmin qila boshlashdi.
Bunday mish – mishlar ko‘payavergach transfer oynasi ochilish arafasida futbolchi muxlislarga murojaat qilib quyidagi so‘zlarni aytgan edi : “Mening ketishim borasidagi so‘zlarga e’tibor qaratmanglar. Kataloniyada meni hamma narsa qoniqtirmoqda. Eng muhimi men bu yerda baxtliman. O‘zim sevgan ishdan rohat olishda davom etmoqchiman. Havotir olmang, Neymar «Barselona»da qoladi”
Ushbu so‘zlardan so‘ng Kataloniyalik muxlislar ko‘ngli tinchigan bo‘lsada, voqealar rivoji  birdaniga o‘zgarib ketdi. Gap shundkai, «PSJ» futbolchi uchun shu qadar katta maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qildiki, Neymar buni rad etishda o‘zida kuch topa olmadi…

Neymarning tutgan yo‘lini ko‘plab kataloniyalik muxlislar qattiq qoralagan bo‘lsada, «Barsa» uning ketishi ortidan 222 million yevro ishlab olgani fakt! Shunday bo‘lsada, Neymarning ketishi «Barselona»ning xalqaro maydondagi omadsizliklariga sabab bo‘lganini ham unutmaslik lozim.

Emanuel Adebayor

Togolik futbolchini butun dunyoga aynan Londonning «Arsenal» jamoasi tanitgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Adebayor Anri jamoani tark etgach klub uchun doimmo gol uruvchi futbolchiga aylangan va muxlislarnin e’tiborini qozongan edi. 2009 – yilga kelib futbolchi klub tomonidan yangi shartnoma taklif etilishini ilinjida quyidagi so‘zlarni aytib katta ketgan edi - «Arsenal» menga hamma narsa berdi. Bu klub safida dunyoga tanildim, muxlisalar ortirishga muvaffaq bo‘ldim. Endilikda men ham o‘z jamoamga huddi shunday javob qaytarmoqchiman. Bu klubdan jamoam uchun sovrin yutmasdan ketmayman” degan futbolchi oradan 2 oy o‘tib «Manchester Siti» safiga o‘tib ketadi. Bu ham yetmaganidek, sobiq jamoasi bilan ilk to‘qnash kelgan uchrashuvida gol kiritadi va uni atayin Londonlik muxlislar oldida nishonlaydi. O‘zi shundoqham APLning ikki ashadiy raqiblari o‘rtasidagi adovat muxlislarni ranjitgan bo‘lsa, Adebayorning qilgan ishi ularni g‘azabini keltiradi… Hozirgi kunlarimizga qadar Emanuel Adebayor «Arsenal» tarixida sotqin nomi bilan esalanadi.

Sol Kembell

Markaziy himoyachini hotirlar ekansiz uni «Arsenal» libosida tasavvur qilishingiz turgan gap. Aslida Sol «Arsenal»ning ashadiy raqibi «Tottenhem» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari futbolchi «Tottenhem» uchun 305 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘zining so‘ngi mavsumida jamoa sardori etib saylangan edi. Muxlisar uni chinakam yetakchi va jamoa sardori sifatida alohida e’tirof etishar unga bo‘lgan hurmatning chegari yo‘q edi. Boz ustiga «Arsenal» safiga o‘tishidan 12 kun  avval futbolchi jurnalislar oldida chiqish qilib klubda qolishini va jamoa yengilganida o‘zini yomon his qilishini aytib hammani tinchlantiradi. Bunday chiqishdan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay «Arsenal» jamoasi libosida ko‘rinish bergan Sol Kembell butun Britaniyada norozilik uyg‘otadi. O‘sha yili futbolchi haqida ko‘plab latiflar paydo bo‘ladi va Kemball «Tottenhem» jamoasi orqali ortirgan hamma hurmatni bir zumda yo‘qotib qo‘yadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:30, 25.07.2019.
O'qildi: 7643 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.