Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Neymar «Yuventus» safiga o‘tadimi? Ronaldu javob berdi

Neymar «Yuventus» safiga o‘tadimi? Ronaldu javob berdi

Baho:
+ | -


Hozirda braziliyalik yulduz Neymar va «PSJ» o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabaringiz bor. Futbolchi boshqa klubga o‘tishni istayotganini yashirib o‘tirmayapti.  Boz ustiga futbolchining otasining  Turin shahrida paydo bo‘lishi Neymarning «Yuventus» klubiga o‘tishi borasidagi mish – mishlarni urchitib yubordi. Neymar va Ronaldu so‘nggi paytlarda bir nechta reklama roliklarida birga suratga tushgani bois ancha qalin do‘stlarga aylanib qolishgani hech kimga sir emas.  Taniqli «Foot Bazza» nashri ushbu mavzu yuzasidan Ronaldu tomonidan Italiyalik jurnalistga berilgan intervyuni taqdim etdi. ( intervyu «Yuventus» va «Inter» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng olingan). Biz bu kichik intervyuni sizlar uchun ilindik.

Ronaldu

Neymarning «Yuventus»ga o‘tishi borasida biror narsa deyish mushkul. U ajoyib yigit. Inson sifatida uni hurmat qilaman. Agarda «Yuventus» uni sotib olishni istasa, bu meni faqat va faqat hursand qilgan bo‘lar edi. Sababi, u bizga yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishda katta ko‘mak bergan bo‘lar edi. Ayniqsa, Chempionlar Ligasida uning yordami biz uchun juda muhim.

To‘g‘ri, men u bilan bir necha kun davomida birga bo‘ldim. Biz hamkorlarimiz tomonidan suratga olingan reklama roligida birga ishladik. U bilan juda ko‘plab mavzuda suhbat qurgan bo‘lsakda, biror marotaba menga «Yuventus» jamoasiga o‘tish borasida so‘z ochganicha yo‘q. O‘ylashimcha, uning transferi qachonki, o‘zi nima istayotganini bilsagina amalga oshishi mumkin. Hozirda uning kelajak uchun hech qanday rejasi yo‘qligi ko‘rinib turibdi. Qachonki reja paydo bo‘lsa, inson unga intilishni boshlaydi. Yangi jamoaga kelib qo‘shilish siz o‘ylaganchalik oson ish emas.

Boz ustiga katta summa evaziga keladigan futbolchilarning ma’suliyati ham ulkan bo‘ladi. Neymar singari futbolchining klubga kelishi birinchi navbatda Neymarning o‘ziga juda katta bosimni yuklashi turgan gap.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 10:42, 26.07.2019.
O'qildi: 7972 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик