Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Shota Arveladze: "Chempionatning katta qismi hali oldinda"

Shota Arveladze: "Chempionatning katta qismi hali oldinda"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Toshkentda "Qo‘qon-1912" bilan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

- Tanaffusdan so‘ng boshlab olish har doim qiyin bo‘ladi. Jarohat olgan futbolchilarni safga qaytishi, yetakchilarning esa yana avvalgi sur’atni tiklab olishi oson kechmaydi. Men bugun juda ham asabiylashdim. Sababi "Qo‘qon-1912" bilan o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Biz bugun uch ochkoga haqli edik. Ilk qadamni boshladik va muxlislarga rahmat aytaman. Ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirdik. Xatolar bo‘ldi, ular har bir bahsda uchraydi.

"Lokomotiv" bilan 11 ochkolik farqni katta deya olmayman. Har bir raqibni xurmat qilish kerak. Mavsum endi boshlandi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Menga bu yilgi va o‘tgan yilgi chempionat ham yoqadi. "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" kabi jamoalar chempionatning yetakchilari. Chiroyli o‘yin ko‘rsatayotgan "Bunyodkor" va "Nasaf"ni ham unutmaslik kerak. Boshqalarni hurmat qilgan holda "So‘g‘diyona", AGMK, "Navbahor", "Metallurg" klublariga qarshi o‘ynash ham qiyin kechadi.

Mehmondagi har bir uchrashuv mushkul kechadi va ochko olish ham oson bo‘lmaydi. Har bir o‘yinga raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi tayyorlanamiz. Mag‘lubiyat haqida savol bermasliklaringizni so‘rayman, sababi biz doim maksimal natijaga harakat qilamiz. Hozir 14 turni o‘tkazdik. Hali terma jamoadagi o‘yinlar bor. Undan keyin esa chempionat doirasida yana 12 o‘yin kutib turibdi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:24, 27.07.2019.
O'qildi: 1773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик