Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

“Paxtakor” yoshlari "Qizilqum"ga yutqazdi

“Paxtakor” yoshlari "Qizilqum"ga yutqazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

U-21 birinchiligi 15-turida "Paxtakor" yoshlari Navoiyda mag‘lubiyatga uchrashdi.

O‘yin davomida tashabbusga ega bo‘lib, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay, "Paxtakor" imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo‘limda Hoshimovning faolligi natijasida bir necha golli holatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalanish nasib qilmadi. Mezbonlar esa tezkor ikki qarshi hujumdan keyin gol urishdi. Hasanov va Odilov yakkama-yakka vaziyatda Isaqovni dog‘da qoldirishdi. Bir holatda jamoamizdan Abdusalomovning bo‘sh darvozaga tepgan to‘pini mezbonlar himoyachisi qaytarib yubordi.

Ikkinchi bo‘limda 10dan ortiq yaqqol golli imkoniyatlar yaratildi, ammo foydalanishda baribir yoshlarimiz o‘ta sust harakat qilishdi. Deyarli bo‘sh darvozaga ham futbolchilar to‘p kirita olishmadi. 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan yoshlarimiz endi peshqadamdan 4 ochkoga ortda qolishmoqda.

"QIZILQUM" - "PAXTAKOR" - 2:0 (2:0)
29 iyul. Karmana. "Yoshlik" stadioni.
Hakam: SH.Rajabov.

"Qizilqum": Hamidov, Jo‘rayev, Kamolov, Fayziyev, Husanov, Kenjayev, Odilov, Turopov, Hasanov (Raimov, 87), Abdualimov (Norov, 46), Razzoqov.

"Paxtakor": Isaqov, Roziyev (Mirzayev, 80), Iminov, Xolmatov, Ramazonov, Salimov, Sultonmurodov, Yo‘ldoshev, Hoshimov, Mirsaidov (Tursunov, 49), Abdusalomov (Odilov, 58).

Gollar: Hasanov, 13 - 1:0. Odilov, 42 - 2:0.

Ogohlantirishlar: Hasanov, 41. Sultonmurodov, 76. Iminov, 81.

U-21 birinchiligi 15-turida "Paxtakor" yoshlari Navoiyda mag‘lubiyatga uchrashdi.
O‘yin davomida tashabbusga ega bo‘lib, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay, "Paxtakor" imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo‘limda Hoshimovning faolligi natijasida bir necha golli holatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalanish nasib qilmadi. Mezbonlar esa tezkor ikki qarshi hujumdan keyin gol urishdi. Hasanov va Odilov yakkama-yakka vaziyatda Isaqovni dog‘da qoldirishdi. Bir holatda jamoamizdan Abdusalomovning bo‘sh darvozaga tepgan to‘pini mezbonlar himoyachisi qaytarib yubordi.
Ikkinchi bo‘limda 10dan ortiq yaqqol golli imkoniyatlar yaratildi, ammo foydalanishda baribir yoshlarimiz o‘ta sust harakat qilishdi. Deyarli bo‘sh darvozaga ham futbolchilar to‘p kirita olishmadi. 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan yoshlarimiz endi peshqadamdan 4 ochkoga ortda qolishmoqda.
"QIZILQUM" - "PAXTAKOR" - 2:0 (2:0)29 iyul. Karmana. "Yoshlik" stadioni.Hakam: SH.Rajabov."Qizilqum": Hamidov, Jo‘rayev, Kamolov, Fayziyev, Husanov, Kenjayev, Odilov, Turopov, Hasanov (Raimov, 87), Abdualimov (Norov, 46), Razzoqov."Paxtakor": Isaqov, Roziyev (Mirzayev, 80), Iminov, Xolmatov, Ramazonov, Salimov, Sultonmurodov, Yo‘ldoshev, Hoshimov, Mirsaidov (Tursunov, 49), Abdusalomov (Odilov, 58).Gollar: Hasanov, 13 - 1:0. Odilov, 42 - 2:0.Ogohlantirishlar: Hasanov, 41. Sultonmurodov, 76. Iminov, 81.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:43, 29.07.2019.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.