Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Paxtakor-Kurilovka» jamoasi qanday tashkil etilgan?

«Paxtakor-Kurilovka» jamoasi qanday tashkil etilgan?

Baho:
+ | -

“Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira qanotlari” turnirida “Paxtakor-Kurilovka” jamoasi ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdualiyev, “Farmak” (Ukraina) kompaniyasi, Fila Jibrovskaya, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, Ukraina futbol federasiyasi, “Paxtakor” futbol klubi, Kurilovka qishloq qo‘mitasi ko‘magi bilan “Paxtakor-Kurilovka” jamoasi “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

1979 yilning 11 avgust kuni “Paxtakor” jamoasi aynan Kurilovka qishlog‘i osmonida halokatga uchragandi. 2009 yil ushbu qishloqda “Paxtakor” jamoasi xotirasiga atab yodgorlik ochilgan. 2013 yil O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, o‘zbek futboli faxriysi Habibulla Abdualiyev va bir guruh ishqibozlar tashabbusi bilan Kurilovka qishlog‘ida “Paxtakor” jamoasi tashkil qilindi. Jamoa zarur sport va futbol ekipirovka hamda anjomlari bilan ta’minlandi.

“Paxtakor-79” fojiasiga 40 yil to‘lishi oldidan 1988 yilgi Olimpiada chempioni Yevgeniy Yarovenko “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi haqiqiy professionallardan tashkil topgani, ular butun Ittifoq bo‘ylab muxlislar yoqtirishganini ta’kidladi. Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi iliq munosabatlar davom etishiga umid bildirib, jamoa hamisha ukrainaliklar tomonidan eslanib, yodgorlikka e’tibor qaratilishi haqida so‘zladi.

1983 yil SSSR chempioniga aylangan Oleg Taran O‘zbekistonda doimo ularni iliq qarshi olishganini ta’kidlab, stadion muxlislar bilan to‘lib turishini yodga oldi. “Paxtakor” futbolchilari mahoratiga doimi tan berganini aytib o‘tdi.

1988 yil SSSR chempioni bo‘lgan Aleksey Cherednik “Paxtakor” O‘zbekistonning xalq jamoasiga aylanganini eslab, o‘sha jamoadagi ko‘plab futbolchilar bilan terma jamoa yig‘inlarida birga bo‘lganini ta’kidladi. O‘sha “Paxtakor” sobiq Ittifoqning eng kuchli besh jamoasidan biri bo‘lganini e’tirof etdi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:41, 02.08.2019.
O'qildi: 6485 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.