Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston shaxmat federasiyasining rasmiy munosabati

O‘zbekiston shaxmat federasiyasining rasmiy munosabati

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘ZBEKISTON TERMA JAMOASINING VEYFAN (XXR) SHAHRIDA BO‘LADIGAN JAHON CHEMPIONATIDA ISHTIROKIGA DOIR.

Ommaviy axborot vositalarida, xususan, davlat telekanallarida berilgan intervyu hamda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi xodimi Markaziy kengash apparati Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i Umed Farmonqulovich Radjabovning yolg‘on ma’lumot tarqatishi haqida rasmiy munosabat.

O‘zbekiston Shaxmat Federasiyasi Xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan, shaxmatchilarning manfaatlarini doimo himoya qilib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Birinchidan, Federasiya Olimpiada o‘yinlariga kirmasligini, hamda nodavlat notijorat tashkilotligini nazarda tutgan holda, u ,asosan, homiylar va boshqa ta’qiqlanmagan manbaalar orqali moliyaviy ta’minlanadi. Xalqaro safarlar, turnirlarda qatnashish uchun shaxmatchilarni to‘liq moliyalashtirishning har doim ham iloji bo‘lavermaydi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi xodimi Markaziy kengash apparati Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i Umed Farmonqulovich Radjabovning davlat telekanali aynan “Sport” telekanaliga bergan intervyusi yuzasidan shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi Yoshlar Ittifoqidan rasman yordam so‘ramagan va Jahon chempionatiga jo‘natilayotgan shaxmatchilar harajati hech qanday Yoshlar Ittifoqi tomonidan qoplanmayapti, ushbu harajatlar O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2019 yil 8 iyuldagi 9-son yig‘ilish qarori asosida ijobiy hal etilgan.

Uchinchidan, Yoshlar Ittifoqi Respublikada yoshlar siyosati bilan shug‘ullanadigan yetakchi nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lishiga qaramay, bajarilmagan ish hamda yolg‘on ma’lumot tarqatishini O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi o‘ta noprofessional yondashuv deb baholaydi.

To‘rtinchidan, Yoshlar Ittifoqi xodimi Markaziy kengash apparati Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i Umed Farmonqulovich Radjabov Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini olib borishda faqat o‘zi delegasiya rahbari bo‘lishini bot-bot ta’kidladi, bu shart amalga oshmasa, u moliyalashtirishdan bosh tortishini ma’lum qildi. Shaxmat sport turi boshqa ommaviy sport turlaridan farqli jihati shundaki, terma jamoani olib boruvchi mas’ul shaxs, turnir qoidalaridan yaxshi xabardor bo‘lishi, musobaqada oldidan o‘tkaziladigan “Texnik yig‘ilish”da qatnashishi va kerakli vaziyatda shaxmatchilar manfaatini himoya qila olishi kerak. Veyfan(XXR)da o‘tkaziladigan chempionat bo‘yicha ham O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan ana shunday normalar qabul qilingan. O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi bu qoidalarga doim rioya qilib kelgan va shu boisdan Yoshlar Ittifoqi Markaziy apparati hodimi Umed Farmonqulovich Radjabov yuqoridagi tartib qoidalar bo‘yicha hech qanday ko‘nikma hamda vakolatga ega emasligi sababli, qo‘yilgan talab qabul qilinmagan.

Beshinchidan, yuzaga kelgan vaziyatga aniqlik kiritish va masalani ikki tomonlama anglab olish uchun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev bilan uchrashuv belgilash maqsadida rais qabulxonasiga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilindi va rais yordamchisidan rais xizmat safarida bo‘lganligi vaji bilan uchrashuv tashkil etilmadi. Shundan so‘ng federasiya tomonidan 2019 yil 18 iyul kuni 417-son xat bilan rasmiy murojaat qilindi va bu murojaatga ham yuqoridagidek vaj asosida javob berildi. Turli sabab va vajlar bilan uchrashuv paysalga solindi va muammoni hal qilish uchun yana Yoshlar Ittifoqi apparat xodimi Umed Farmonqulovich Radjabovga yo‘naltirildi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar so‘nggi yillarda ulkan natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Ularning Xalqaro musobaqalarda moliyaviy muammolarsiz qatnashishlari uchun O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi bor imkoniyatlarini ishga soladi, ammo Yoshlar Ittifoqi Umed Farmonqulovich Radjabovga o‘xshagan “rahbar”larning bu sohada qilayotgan “injiqlik”lari Respublikada olib borilayotgan yoshlar siyosatiga ham, Yoshlar Ittifoqi imidjiga ham to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi matbuoti xizmati.

Kiritildi: 19:06, 02.08.2019.
O'qildi: 2234 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.