Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Toshkent jahon chempionatini qabul qilishga tayyor

Toshkent jahon chempionatini qabul qilishga tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 7-10 avgust kunlari poytaxtimiz taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni paytga kelib, musobaqani o‘tkazish uchun deyarli barcha narsa shay. Musobaqaga mezbonlik qiladigan “Universal” sport saroyi sportchi va mehmonlar uchun ajoyib ko‘rinishga keltirildi.

Janglar boshlanishidan avval sportchilar chigalyozdi mashqlarini olib boradigan maxsus joy ham bugungi kun iqlimidan kelib chiqib, ishtirokchilar uchun qulay tarzda qurib berildi.

Hozirda terma jamoalar O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasining sport zallarida so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Eron, AQSH, Janubiy Koreya, Braziliya kabi o‘nlab terma jamoalar rejalashtirilgan grafik asosida mashq qilishyapti.

O‘zimizning terma jamoa xususida gapiradigan bo‘lsak, hamyurtlarimiz musobaqada to‘liq tarkib ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Jahon chempionatida jami 20 nafar sportchimiz (10 nafar yigitlar va qizlar) o‘z vazn toifalarida oltin medal uchun jang qilishadi. Kadetlarimizni aka-uka Sobir va Zaynobiddin Nazaraliyevlar hamda Jasur Boyqo‘ziyev boshchiligidagi tajribali murabbiylar musobaqaga tayyorlashdi.

Bahslar ertada 09:00 dan start oladi. Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi esa ertaga 17:00 da boshlanadi. Shuningdek, mazkur musobaqa doirasida O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 8 avgustkuni 19:00 da “Xalqlar do‘stligi” maydonida yirik fleshmob tashkil qilishni rejalashtirib qo‘ygan.

Mazkur dunyo birinchiligi xalqaro ekspertlar nigohida bo‘lishi tabiiy. Bugun tunda yurtimizga jahon taekvondo federasiyasi rahbari Chung Van Choy tashrif buyuradi va ertanggi bahslarni bevosita kuzatib boradi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:21, 06.08.2019.
O'qildi: 2115 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик