Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

International Champions Cup. «Yangi Ronaldu» «Yuventus»ni mag‘lub etdi (videosharh)

International Champions Cup. «Yangi Ronaldu» «Yuventus»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Atletiko" va "Yuventus" jamoalari o‘zaro Shvesiyada to‘qnash kelishdi.

Jamoalar bahs boshidanoq ochiq o‘yin namoyish qila boshladi. Yaratilgan vaziyatni birinchi bo‘lib golga aylantirish madridliklarga nasib etdi. O‘ng qanotdan yetkazib berilgan uzatmani "matraschilar"ning yangi hujumchisi Joau Felish 12 metrlardan darvozaga joylab qo‘ydi.

"Yuventus" oradan ko‘p o‘tmasdan hisobni tenglashtirdi. Turinliklarning hujumi paytida to‘p Xediraga kelib tushdi va Sami 15 metrlardan darvozani aniq nishonga oldi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib yana o‘sha Felish chiroyli gol muallifiga aylandi. Deyarli maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida portugaliyalik futbolchi so‘nggi himoyachidan qochib ketdi va bitta urinishda "Yuventus" darvozasini zabt etdi.

Ikkinchi bo‘limda "Yuve" hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo to‘p ikki marta "Atletiko" darvozasi ustuniga tegib qaytdi. Shu tariqa, Simeone shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

International Champions Cup
Solna, Shvesiya
Atletiko Ispaniya – Yuventus Italiya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 24 Joau Felish, 1:1 – 29 Xedira, 2:1 – 33 Joau Felish.
Atletiko – Oblak, Ximenes (Korrea, 56), Trippyer (Ermoso, 56), Savich (Errera, 57), Lodi (Sanches, 66), Koke (Felipe, 57), Lemar (Vitolo, 67), Saul (Rodrigo Rikelme, 66), Lyorente (Tomas, 46), Joau Felish (Aryas, 56), Morata (Diyego Kosta, 56; Shaponich, 90).
Yuventus – Shchensni (Buffon, 59), Kyellini (Bonuchchi, 46), Aleks Sandro (Kuadrado, 59), De Shilyo (Danilo, 71), de Ligt (Demiral, 71), Xedira (Matyuidi, 60), Rabyo (Jan, 71), Pyanich (Bentankur, 60), Duglas Kosta (Bernardeski, 60), Iguain (Dibala, 60), Ronaldu (Mandjukich, 71).
Ogohlantirishlar: Vitolo (69), Korrea (83).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:09, 10.08.2019.
O'qildi: 13679 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.