Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Virjil van Deyk chempionlikdan so‘ng "Oltin to‘p" haqida fikr bildirdi

Virjil van Deyk chempionlikdan so‘ng "Oltin to‘p" haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Kecha tunda bo‘lib o‘tgan UEFA super kubogi g‘olibligi uchun bahsda ikki ingliz klublari to‘qnash kelganidan xabaringiz bor. Uchrashuvdan so‘ng futbolchilar va murabbiylar tomonidan berilgan intervyularni bir joyga jamladik va saytimiz uchun tarjima qildik.

Yurgen Klopp

Yangi mavsumni ajoyib va ko‘tarinki kayfiyatda boshlab oldik. Bu uchrashuv bizga ham raqiblarimizga ham ko‘plab qiyinchiliklar tug‘dirganidan xabarib bor. Biz o‘yin mobaynida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Aynan shu muammolar ustida ishlashga harakat qilamiz. Eng muhimi biz bu sovrinni qo‘lga kirtidik! Mana shunisi tarixda qoladi.

Adrian asablarini jilovlab oldi va o‘zi uchun ilk katta sovrinni qo‘lga kiritdi. Adrian bugun bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Men raqib darvozabonini ham maqtab qo‘yishni xohlaymanm. Bugun Adrian Rokki Balboaga aylandi! Hozir u  kiyinish honasida «to‘polon» qilayotgan bo‘lsa, ajab emas.

Frenk Lempard

Menimcha bugun biz «Liverpul»dan kuchliroq o‘yin namoyish etdik. Afsuski, bizga tajribasizlik pand berdi. Bugun ko‘plab  imkoniyatlarimizni ko‘kka sovurdik. Biz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish borasida uzoq muddat ish olib borishimiz zarur. Shunday bo‘lsada, men bugungi o‘yin uchun yigitlarim bilan faxrlanaman. Biz bugun g‘alaba qozonmoqchi edik. Afsuski,bugun omad bizga kulib boqmadi. Eng muhimi shundaki, men o‘zim ko‘rishni istagan futbolni yigitlarim namoyish etib berishdi. Shuni unutmaslik kerak, «Liverpul» bir necha yillardan beri shakillanib kelayotgan klub. Bunday jamoalarga qarshi bahs doimmo qiyin kechadi. Bugun yigitlar maydonda so‘nggi soniyalarga qadar kurash olib borishdi. «Liverpul»da kuchli ijrochilar mavjud va ular istalgan daqiqada gol yarata olishadi. Shunga qaramasdan, biz chinakam iroda ko‘rsatdik va so‘nggi daqiqalarda gol kiritdik. Sen «Liverpul»ga qarshi bahs oldidan faqatgina omad tayanib maydonga tusha olmaysan. Biz bugungi uchrashuvda ular bilan tengma-teng kurashdik, va o‘z o‘yinimizni namoyish etdik.

Jordan Henderson

Bu uchrashuv juda qiyin o‘tdi. Istanbulda hafo juda nam bo‘lgani bois biz futbol o‘ynashga biroz qiynaldik. Shu o‘rinda Adrian uchun juda xursand ekanligimni aytib o‘tmoqchiman. U bugungi o‘yinning chinakam qahramoni!

Biz ortga kubok bilan qaytmoqchi edik va buni uddasidan chiqdik. Mavsumni yahshi boshlab olganimiz kishini quvontirmoqda. Endilikda biz APL o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlashimiz shart.

Adrian

Men jamoam uchun xursandman va futbolchi sifatida bahtiyorman. Muxlislar ham bugun ajoyib o‘yindan zavq olishdi. Bu o‘yin juda uzoq cho‘zilgan bo‘lsada, yakun biz uchun ijobiy bo‘lgani bilan quvontirdi.

Abrahamning qayerga zarba berishini tahmin qilganim yo‘q. To‘g‘risini aytsam, uning juda aqilli futbolchi ekanligini bilar edim. U meni aldamoqchi bo‘ldi, men esa, oyoqlarimni qo‘ydim.
Hozir bu haqida so‘zlashni istamayman. Bu penalty unda omad ko‘p narsalarni hal etishi hech kimga sir emas. Hozir bu tundan zavq olishning ayni vaqti!

Virjil van Deyk

O‘ylashimcha, raqiblarimiz kuchli futbol namoyish etishdi. Biz bugungi uchrashuvda faqat ikkinchi bo‘limdagina o‘z o‘yinimizni namoyish eta boshladik. Biz o‘yin davomida pressing ishlatdik va bir nechta vaziyatlarni yaratdik. Final uchrashuvi qanday o‘tishini oldindan hech kim aytib bera olmaydi. Bugungi final g‘olibini penaltilar aniqlab berdi. Eng muhimi biz bu lotereyada g‘olib chiqdik. Bugungi uchrashuv har birimiz uchun juda og‘ir kechdi. Biz albatta bu o‘yinni ko‘rib chiqamiz. Yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashga harakat qilamiz.

Adrian uchun bu o‘yin juda muhim edi. U hayotidagi eng muhim sinovdan o‘tib oldi. Do‘stim uchun juda xursandman.

«Oltin to‘p» borasida tinimsiz savollar yangramoqda. Muxlislar meni bu sovrin uchun asosiy da’vogar deb o‘ylayotgani kishini quvontiradi. Afsuski, muxlislarning fikri hech narsani o‘zgartira olmaydi. O‘tgan mavsum men uchun juda yahshi o‘tganini inkor etmayman, biroq bu hech narsani o‘zgartirmasligi mumkin. Hozirda bor e’tiborimni yangi mavsumdagi o‘yinlarga qaratsam, to‘g‘riroq bo‘ladi. Aslida bu sovrin g‘olibligi uchun hujumkor futbolchilar asosiy da’vogar bo‘lishadi. O‘ylashimcha, hammasini o‘zgartirish vaqti keldi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 13:37, 15.08.2019.
O'qildi: 9851 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.