Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Lyubinko Drulovich: Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz

Lyubinko Drulovich: Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini oldinda yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida o‘tadigan Osiyo chempionati kutib turibdi. Bilasiz, mazkur musobaqada kuchli uchlikdan o‘rin oladigan yurt vakillari Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqishadi.

Ayni paytda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoamiz qit’a birinchiligiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Terma jamoamiz poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. 28 avgust sanasidan e’tiboran yig‘inga kirishiladi va rejaga ko‘ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boriladi.

Qayd etish joiz, mazkur yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Ushbu yig‘in oldidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichning oldindagi rejalar xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatiga reja asosida tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Yozda Misr olimpiya terma jamoasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi va ushbu yurt vakillari bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdik. Ana endi yana bir mahoratli futbolchilardan iborat terma jamoa – Eronga qarshi bahs olib boramiz. Imkon qadar yaxshi salohiyatga ega raqiblarga qarshi bahs olib borish orqali qaysi chiziqlarni yaxshilash, qanday jihatlarga yanada ko‘proq e’tibor qaratish lozim ekanini bilib olish imkoniga ega bo‘lamiz.

Eronga qarshi 2 ta o‘yin o‘tkazamiz. Dastlabki bahs 6 sentyabr kuni, ikkinchi esa 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu galgi yig‘in doirasida ham terma jamoamizning asosini tashkil etishi kutilayotgan futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko‘zdan kechirib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Quvonarli jihati shundaki, ayni paytda bir qator futbolchilarimiz o‘z klublari safida yetakchilar sifatida gavdalanishmoqda va Superligada barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishmoqda. Biz – murabbiylar shtabi esa imkon qadar har bir ko‘z ostimizga olgan o‘yinchining o‘z klubi tarkibidagi o‘yinlarini ham bevosita stadiondan turib kuzatishga harakat qilyapmiz. Ayrim futbolchilarimiz milliy terma jamoa safiga jalb etilayotgani ham quvonarli hol.

Rejaga ko‘ra, yanvar oyiga qadar har oy yig‘in tashkil etgan holda qit’a chempionatiga hozirlik olib borishga urinamiz. Oktyabr oyida Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda milliy chempionat uchrashuvlari yakuniga yetgach, futbolchilarimizga biroz dam olish imkonini taqdim etamiz. So‘ngra Osiyo chempionati oldidan hal qiluvchi yig‘inni o‘tkazamiz.

Qit’a birinchiligiga imkon qadar puxta hozirlik olib borishga va chempionat davomida ishqibozlarimizni chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etishga harakat qilamiz, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi mutaxassis.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:30, 16.08.2019.
O'qildi: 3446 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик