Kirish Ro'yxatdan o'tish

Paralimpiya assosiasiyasining yangi rahbari mashg‘ulotlarni yaqindan kuzatmoqda

Paralimpiya assosiasiyasining yangi rahbari mashg‘ulotlarni yaqindan kuzatmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi yangi raisi Muxtorxon Tashxodjayev Tokio-2020 Paralimpiya O‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha sportchilar bilan yaqindan tanishmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjayev tashkilotning yangi raxbari etib saylangan edi.

Bugun Toshkent shahrida joylashgan Paralimpiya markazida para-dzyudochilarimiz olib borayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga assosiasiyaning yangi raxbari Muxtorxon Tashxodjayev tashrif buyurdi va terma jamoamiz a’zolarining tayyorgarlik jarayonini kuzatdi. Mashg‘ulot davomida para-dzyudo bo‘yicha bosh murabbiy Shamsiddin Saidov yangi raxbarga sportchilarni birma-bir tanishtirib o‘tdi. Ta’kidlash joiz, para-dzyudochilarimiz ayni paytda 2-9 sentyabr kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Okeaniya chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Uchrashuv yakunida Muxtorxon Tashxodjayev chempionatda ishtirok etadigan paralimpiya sportchilariga omad va zafarlar tiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:58, 21.08.2019.
O'qildi: 2365 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик