Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sakkiz nafar bokschimiz Grozniy turnirining yarim finaliga yo‘l oldi

Sakkiz nafar bokschimiz Grozniy turnirining yarim finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Rossiyaning Grozniy shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari o‘zlarining ajoyib harakatlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishyapti. O‘tkazilgan navbatdagi kun bellashuvlari ham vakillarimiz uchun omadli keldi. O‘z vazn toifalarida Bahodir Jalolov hamda Elnur Abduraimov raqiblarini birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratib, kechaning chiroyli g‘alabalaridan biriga mualliflik qilishdi. Shu tariqa chorak final yakunlari bo‘yicha 8 nafar bokschimiz final uchun jang olib boradigan bo‘ldilar.

-52 kg: Foziljon Abdumurodov – Samat Jetibayev (Qozog‘iston) 4:1
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Adam Temiraliyev (Rossiya) 5:0
-64 kg: Elnur Abduraimov – Umar Magomadov (Rossiya) (1-raundda nokaut)
-69 kg: Jahongir Rahmonov – Beslan Xamzayev (Rossiya) 2:3
-75 kg: Mahmud Gaipov – Amin Kushov (Ozarbayjon) 0:5
-75 kg: Bahrom Fozilov – Elchin Nuriyev (Ozarbayjon) +:-
-91 kg: Timur Ergashev – Magomedmurad Arslanbekov (Rossiya) 0:5
-91 kg: Madiyar Saidrahimov – Bekxan Saydullayev (Rossiya) 5:0
+91 kg: Obidjon Tohirov – German Skobenko (Ukraina) 5:0
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Bitiyev (Rossiya) (1-raunddan so‘ng g‘alaba).

Eslatib o‘tamiz, -81 kg vazn toifasidagi Kozimbek Mardonov kuni kecha yarim final yo‘llanmasini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:32, 22.08.2019.
O'qildi: 2882 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик