Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQda ilmiy-metodik markaz faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi

MOQda ilmiy-metodik markaz faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, zamonaviy sportda ilm-fanning yutuqlarisiz yuqori natijalar qayd etish juda qiyin. Bu borada terma jamoamiz vakillarining ham jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiadalarda katta natijalar ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida MOQ qoshida ilmiy-metodik markaz tashkil qilingan. Bugun MOQda ushbu markaz faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov olib bordi. Unda, shuningdek, O‘zbekiston fanlar akademiyasi vakili Odilxo‘ja Parpiyev, Jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Rashid Matkarimov, markaz olimlaridan biri Lev Yugay ishtirok etishdi. Anjuman boshida so‘zga chiqqan Rashid Matkarimov markaz faoliyatining ne chog‘lik ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

So‘nggi paytda sportimizda amaliyot va fan bir-biridan yiroqlashib qolgan edi. Bu markazning tashkil etilishi har ikki sohaning birgalikda faoliyat olib borishiga, sportchilarimizning yanada yuqori natija qayd etishiga ulkan xissa qo‘shadi. Bilamizki, zamonaviy sport rivojida ilm-fanning o‘rni beqiyos. Shundan kelib chiqqan holda har bir sport federasiyalariga ilm-fan vakillari biriktiriladi va ular atletlarimizning natijalarini tahlil qilib borishadi. Shu paytgacha 2 federasiyaga jalb qilingan mutaxassislar o‘z izlanishlari bo‘yicha dastlabki hisobotni berib ulgurishdi”, – dedi Rashid Matkarimov.

Shundan so‘ng o‘z sohasining yetuk mutaxassislari Lev Yugay va Odilxo‘ja Parpiyev ham ilmiy-metodik markazning faoliyati qanday bosqichlarda shakllantirilishi, ish sifatini kuchaytirish borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdilar. Shuningdek, anjuman davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob olishdi.

 
Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:17, 22.08.2019.
O'qildi: 3384 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.