Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

Deyan Jurjevich: «Gol urolmagan jamoa g‘alaba qozonolmaydi»

Deyan Jurjevich: «Gol urolmagan jamoa g‘alaba qozonolmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Deyan Jurjevich jurnalistlarning savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishasiz.

— Avvalo, “Nasaf” jamoasini bugungi g‘alaba va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritganligi bilan tabriklayman. O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, bahs juda qiyin kechdi. Shuningdek, yana bir narsani ta’kidlamoqchimanki, gol urolmagan jamoa g‘alaba qozonolmaydi. Bugungi bahsda ushbu ibora o‘z tasdig‘ini topdi.  

— Mazkur uchrashuvdan oldin “Nasaf” klubining o‘yin uslubini o‘rganganmidingiz?
— Albatta, qarshiliklarning o‘yinlarini tahlil qilib, o‘rganib chiqqandik. “Nasaf”ning tarkibi asosan yoshlardan iborat hamda futbolchilarining tezkorligini, vohaliklar asosan qarshi hujumga tayangan holda to‘p surishlarini oldindan taxmin qilgandik va amalda ham shunday bo‘ldi. Shogirdlarim qarshiliklarning qarshi hujumlaridan birida bir marta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishdi hamda ushbu xato qimmatga tushdi.

Mashg‘ulotlar davomida yigitlarga qarshi hujumlarda ehtiyot bo‘lish lozimligini uqtirgandik va ta’kidlagandik. Afsuski, o‘tkazib yuborilgan to‘pdan so‘ng, rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Natijada “Nasaf” g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:40, 23.08.2019.
O'qildi: 2238 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.