Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Rishod Sobirov: “Barchasi ertaga tatamida ayon bo‘ladi”

Rishod Sobirov: “Barchasi ertaga tatamida ayon bo‘ladi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionati boshlanishiga ham sanoqli soatlar qoldi. An’anaga muvofiq, bugun musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sportdagi “Qur’aning ko‘zi ko‘r” iborasi hamma musobaqada o‘z isbotini topib kelgan. Shu o‘rinda, bu jahon chempionatida ham. Ochig‘ini aytish kerak, qur’a ba’zi vakillarimiz uchun biroz noqulay tushgan bo‘lsa, ayrimlariga yaxshi imkoniyat taqdim qildi. Yana bir jihati borki, odatda, -60 kilogramm vazn toifasida kurashadigan dzyudochilarning ko‘chiligi shu kuni qur’aga qarashmaydi. Boisi ular qur’aning ertasigayoq kurashishadi va to‘liq hordiq chiqarish, har-xil hayollarni o‘ylamaslik uchun ertasi kun qur’aga nazar tashlaydilar.

Tokio Olimpiadasiga eng katta reyting ochkolarini taqdim qiluvchi jahon chempionatini o‘zbek dzyudo afsonalari ham katta qiziqish bilan kuzatishmoqda. Ayni damda bo‘lajak jahon chempionati va qu’ra bo‘yicha terma jamoamizning ba’zi vakillari, shuningdek, afsonaviy dzyudochilarimiz Rishod Sobirov hamda Abdullo Tangriyevning fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Shahram Ahadov (-66 kg. vazn toifasida kurashadigan vakilimiz): “Shaxsan men uchun qur’ani ko‘rish qiziq. Vaziyatga qarab qaysi raqiblar bilan to‘qnash kelishimiz mumkinligi borasida ularning bellashuvlarini imkon qadar tahlil qilishga, qanday taktika va usullar ishlatishni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Bu gal ham raqiblarimizni astoydil o‘rganib, kerakli xulosalarni chiqarib olamiz”.

Muhammadkarim Xurramov (-100 kg. vazn toifasida kurashadigan vakilimiz): “Bu jahon chempionati. Istaysizmi yo‘qmi, unda kuchli raqiblarga, albatta, duch kelasiz. Aytish mumkinki, bu borada menga birinchi davradayoq jiddiy raqib tushdi. Biroq bundan sirayam cho‘chiganim yo‘q. Kuchli raqib tushishiga oldindanoq tayyor edim. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz va yorug‘ yuz bilan qaytib kelishga astoydil harakat qilamiz”.

Ma’lumot uchun, Ahadov birinchi davrada madagaskarlik Marko Tolinanteniana bilan bahslashsa, Xurramov ushbu vaznning to‘rtinchi saralangan vakili isroillik Peter Paltchikka qarshi to‘qnash keladi.

Abdullo Tangriyev ham hamyurtlarimizning musobaqadan avvalgi ishtiroki va qur’a borasida gapirib o‘tdi.

“Avvalo, yigitlarimizning omadini bersin. Ha, qur’a hammaga har xil tushdi. Polvonlarimiz tatamida borini berib kurashsalar, medal qo‘lga kiritishlariga ishonaman. Shohsupaga ko‘tarila olishmadimi, demakki, o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi. Shunday ekan barchalarida shohsupaga ko‘tarilishlari uchun imkoniyat bor. Buyog‘i endi kim vaziyatdan qanday foydalana olishiga havola”, – dedi Abdullo Tangriyev.

Rishod Sobirov o‘z fikrini qisqagina qilib qo‘ya qoldi: “Bu sport. Barchasi ertaga tatamida ayon bo‘ladi”.

O‘z navbatida, biz ham terma jamoamiz vakillariga bo‘lajak musobaqa omad tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz, ertaga eng yengil vazn toifasidagi bellashuvlar (-60 va -48 kg) bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Ushbu kun doirasida Rio Olimpiadasi bronza medali sohibi Diyorbek O‘rozboyev hamda so‘nggi musobaqalarda ajoyib natijalar qayd etib kelayotgan Sharofiddin Lutfillayev jahon chempionligi uchun kurashishadi. Ularning dastlabki raqiblarini yana bir bor yodingizga solib o‘tamiz:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Muhammad Rashnonezxad (XDF)
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev – Adonis Dias (AQSH)

Jahon chempionati Toshkent vaqti bilan 06:00 dan start oladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 00:01, 25.08.2019.
O'qildi: 3441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.