Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Barsa» futbolchilari Neymarning transferi borasida qanday fikrda?!

«Barsa» futbolchilari Neymarning transferi borasida qanday fikrda?!

Baho:
+ | -

Butun transfer oynasi davomida e’tiborni o‘ziga qaratgan Neymar seriali o‘z yakuniga yaqinlashib kelmoqda. Futbolchi «Liga 1» uchrashuvlarida ishtirok etishdan bosh tortdi va ochiqchasiga jamoadan ketmoqchi ekanligini oshkor qildi. Rossiyaning «Futbol-Futbol» nashri «Barselona» futbolchilarining Neymar transferi borasidagi eng so‘nggi intervyulari jamlanmasini taqdim etdi. Biz esa, uni sizlar uchun ilindik.

Luis Suarez

U kiyinish honasida jamoadoshlariga quvonch ulashadigan yigitlardan edi. Uning yuzlarida doimmo kulgu borligi atrofdagilarning kayfiyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.
Albatta men uni sog‘inaman, biroq biz Neymarsiz maydonda harakat qilishga ko‘nikib boryapmiz. U jamoadan ketgach, paydo bo‘lgan bo‘shliqni deyarli to‘ldirib bo‘ldik. Men sobiq jamoadoshim va do‘stim sifatida uni yana klubda ko‘rishni istagan bo‘lar edim. Afsuski, bu hech narsani o‘zgartirmaydi.

Joze Bartameu

Neymarning transferidan tushgan pulga biz Usman Dembele va Koutinyoni harid qildik. Ayni damda Usmon braziliyalik futbolchidan kuchliroq ko‘rinmoqda. Bundan tashqari, uning kelajagi ham juda porloq. U futbolning har jabhasida Neymarni ortda qoldira oladi.
Men Neymarnin ortga qaytish borasidagi savollarga javob berishni istamayman. Nega deysizmi? To‘g‘risi, shu mavzu ustida juda ko‘p bahs munozaralar ketmoqda. Transfer oynasi yopilmaguniga qadar bu transfer haqida ma’lumot berishga haqqim yo‘q.

Ronaldinyo

Hozirgi kunda Neymar dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Uning PSJdagi o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtiraman. Agarda u «Barselona»ga qaytadigan bo‘lsa, bundan faqat xursand bo‘lgan bo‘lar edim. Bir qarashda ilojsizdek tuyulayotgan transfer amalga oshishi mumkin. Bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishiga tayyor turmoq lozim.

Leo Messi

Neymarning klubdan ketishi jamoaning taktik o‘yin uslubining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. «Barselona» yaratuvchanlik borasida kuchli bo‘lgan futbolchisini yoqotgani bois hammasini boshidan tuzishga to‘g‘ri keldi.

Bu biz uchun yo‘qotishdek tuyulgan bo‘lsada, himoyadagi o‘yinimizni kuchaytirishimiz uchun imkoniyat yaratib bergani ham ayni haqiqat. Bundan tashqari biz maydon markazida ko‘proq to‘pni ushlab turishni boshladik. Bu esa, o‘z navbatida himoyadagi o‘yinimizni yanada kuchayishini ta’minladi. Men uning ortga qaytishi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Hammasi juda chigallashib ketgan. Shunday bo‘lsada, uning ortga qaytishidan faqat va faqat xursand bo‘lgan bo‘lar edim. U biz uchun maydon ichida ham uning tashqarisida ham juda qadrli futbolchi edi va shundayligicha qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:16, 25.08.2019.
O'qildi: 8072 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.