Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova Tokio Olimpiadasiga lisenziya qo‘lga kiritishdi

Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova Tokio Olimpiadasiga lisenziya qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Biroz avval kanoechi qizlarimiz Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova 500 metrga juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Final bellashuvida yurtdoshlarimiz beshinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlabki sakkiz o‘rinda marraga kelgan qayiq egalari kelasi yili Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishar edi.

Kanoeda eshkak eshish, JCH. Vengriya
Juftlik, 500 metr:
1. Sun / Su (Xitoy) – 2:02.81
2. Takash / Balla (Vengriya) – 2:04.49
3. Klimova / Makarchanka (Belarus) – 2:07.74
4. Yan / Preller (Germaniya) – 2:08.18
5. Rahmatova / Zokirova (O‘zbekiston) – 2:08.47

Shu tariqa terma jamoamizning Tokio-2020 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan lisenziyalari soni 3 taga yetdi. Bundan avval tennischimiz Denis Istomin hamda velosportchimiz Olga Zabelinskaya yo‘llanma egalariga aylanishgan edi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sportchi qizlarimiz, ularning yaqinlari va millionlab hamyurtlarimizni bunday muvaffaqiyat bilan muborakbod etib qoladi.

Ma’lumot uchun, qizlarimiz bugungi bellashuvlar davomida birozdan so‘ng 200 metrga juftlik yo‘nalishida ham finalda startga chiqishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:20, 25.08.2019.
O'qildi: 2027 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик