Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

La liga. «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi

La liga. «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida "Barselona" o‘z uyida "Betis"ni qabul qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Valverde mazkur o‘yinda jarohatlar tufayli Messi, Suares va Dembele kabi asosiy hujumchilar xizmatidan foydalana olmadi. O‘yinning ilk daqiqalarida jamoa ularsiz qiynaladigandek tasavvur uyg‘ondi. Boz ustiga, bahsning 15-daqiqasida mehmonlar qarshi hujum tashkil qilib, Nabil Fekirning goli evaziga hisobni ochishdi.

Shundan keyin "Betis" futbolchilari yaxshi himoyalana boshladi. Faqatgina birinchi bo‘lim tugashiga 4 daqiqa qolganida Robertoning uzatmasidan keyin Grizmann yaqin masofadan zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa kataloniyaliklar o‘zlariga xos o‘yinni namoyish qila boshlashdi va 15 daqiqa ichida o‘yin taqdirini hal qilishdi. Dastlab Antuan Grizmann jarima maydoni chizig‘i ustidan aylanma zarba yo‘llab, darvozani zabt etdi.

Shuningdek, bugun "Barselona" safida debyut o‘yinda maydonga tushgan Karles Peres gol urishga muvaffaq bo‘ldi. To‘rtinchi gol esa Xordi Alba hisobiga yozildi.

Uchrashuvdagi e’tiborga molik holatlardan biri shu bo‘ldiki, Valverde o‘yinning 78-daqiqasida 16 yoshli Anssumane Fatini maydonga tushirdi. Vaziyatlarning birida u darvozani ishg‘ol qilishga yaqin keldi. Uning zarbasidan keyin to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

Bahsning qolgan qismida tomonlar yana bittadan gol urishdi. Arturo Vidalning goliga Grizmann assistentlik qildi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

"Barselona" esa mavsumdagi dastlabki 3 ochkosini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya La ligasi, 2-tur
"BARSELONA" - "BETIS" 5:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Fekir, 1:1 – 41 Grizmann, 2:1 – 50 Grizmann, 3:1 – 56 Karles Peres, 4:1 – 60 Alba, 5:1 – 77 Vidal, 5:2 – 79 Moron.
Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Semedu, Serji Roberto, Rafinya (Firpo, 81), de Yong, Karles Peres (Fati, 78), Buskets (Vidal, 74), Alba, Grizmann.
Betis – Dani Martin, Bartra, Sidney, Emerson, Pedrasa, Guardado (Xoakin, 61), Vilyam Karvalyu, Telyo (Kaptum, 61), Kanales (Laynes, 75), Fekir, Moron.
Ogohlantirishlar: Pike (32), Vilyam Karvalyu (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:52, 26.08.2019.
O'qildi: 6978 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик