Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Manba: «PSJ» va «Barselona» Neymar bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin

Manba: «PSJ» va «Barselona» Neymar bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin

Baho:
+2 | -

Butun yoz davomida muhokama markazida bo‘lib turgan Neymarning transferi nihoyat amalga oshadigan ko‘rinadi. Bugun "Barselona" va "PSJ" klublari rahbarlari Parijda ushbu masalada uchrashuv o‘tkazishdi. Bugun uchrashuv borasida "Mundo Deportivo" nashrining jurnalistlari ikki xil xabar tarqatishdi.

Birinchi manba
Fernando Polo tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun muzokara davomida klublar aniq to‘xtamga kelishmagan, ammo uchrashuvda ishtirok etgan "Barsa" vakillari — bosh direktor Karskar Grau, menejer Xavyer Bordas va sport direktori Erik Abidal "PSJ" ofisini yaxshi kayfiyatda tark etishgan. "PSJ" xo‘jayini Nosir al-Xelayfiy bugun uchrashuvda ishtirok etmadi, muzokaralarni klub sport direktori Leonardo olib bordi.

 «Le Parisien» tarqatgan xabarga ko‘ra, Neymar faqat "Barselona" o‘tmoqchi ekanini klub rahbariyatiga aytib, ularga bosim o‘tkazayotgani "ko‘k-anorranglilar"ga qo‘l kelmoqda. Boz ustiga, braziliyalik futbolchi Instagram orqali Rivaldoning fikriga "layk" bosdi. "Barselona"ning sobiq futbolchisi: "Umid qilaman, "Barselona" Neymarning boshqa jamoaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi", degan ma’noda fikr bildirgan edi.

Fernando Pologa ko‘ra, "Barselona" Neymar uchun 170 million yevro taklif qilgan va bu pulni ikkiga bo‘lib o‘tkazib berishini ta’kidlagan. Bu transfer doirasida boshqa futbolchilarning almashinuvi amalga oshirilmaydi. "PSJ" hozircha bu taklifga rozilik bermadi, ammo muzokaralar eshigini butunlay yopib qo‘ymadi.

Ikkinchi manba
"Mundo Deportivo"ning boshqa jurnalisti Frachesko Agilar o‘zining Tvitterdagi sahifasi orqali nisbatan aniqroq fikrlar yozgan:

"Menga xabar bergan manbaga ko‘ra, "Barselona" va "PSJ" klublari 160 million yevro miqdorida kelishuvga erishishdi. "Ko‘k-anorranglilar" bu pulni ikki qismga bo‘lib to‘lab beradi. U jamoada qolish yoki "Real"ga o‘tish niyati yo‘qligini hamda faqat "Barsa"ga o‘tmoqchi ekanini aytib, "Pari Sen-Jermen" rahbariyatiga kuchli bosim o‘tkazmoqda".

Bugungi uchrashuvdan keyin "Barsa" rahbariyatida transfer muddati yopilgunga (2 sentyabr) qadar Neymarning transferini amalga oshirishiga ishonch hosil bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:09, 27.08.2019.
O'qildi: 11609 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.