Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Shomurodov rus jurnalisi nigohida

Shomurodov rus jurnalisi nigohida

Baho:
+ | -1

Rossiyadagi taniqli Gol.ru nashri Eldor Shomurodov haqida kattagina maqolani e’lon qildi. Biz uni sizlar uchun ilindik.

Eldor Shomurodov RPL startidagi chinakam kashfiyotga aylangan futbolchi. U 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 5 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor.

Uning o‘yinidagi o‘sishni faqatgina «Rostov» muxlislari payqashdi desak, adashgan bo‘lamiz.
Futbolchidagi progressni «SSKA» jamoasi sezgan bo‘lsa, «Galatasaroy» klubi skautlari uning o‘yinini maydonda kuzatishga ham ulgurdi. Bunday jamaolarning e’tiborida bo‘lish yoqimli biroq, Shomurodov hech qayerga ketish haqida o‘ylamayapti. Bundan tashqari, uning agenti futbolchi Yevropadan taklif tushsagina «Rostov»nit ark etishi mumkunligi haqida rasman bayonot berdi va Eldor jamoada uzoq muddat to‘p tepishi aniqlashdi.

Karpin avvaliga undan Jokker sifatida foydalangan yedi

Shomurodovning jamoadan ketishiga qarshilik ko‘rsatgan Karpin uni RPLdagi eng iqtidorli 3 ta yosh futbolchidan biri deb atadi. Bundan tashqari murabbiyi Shomurodovni tez-tez maqtab turadi:

«Men uchun uning transfer qiymati 50 million. Unda mavsum davomida 20 ta gol kiritish uchun imkoniyat mavjud. Eldor hozir ajoyib formada va umid qilamanki, shu formani mavsum so‘nggiga qadar ushlab qoladi»

Eldorning o‘yinidagi barqarorlikda Kapinning hizmatlari ulkan. Buni futbolchining o‘zi ham intervyularida ko‘p bor takidlab o‘tgan.

«Karpin top darajadagi murabbiy. U ham taktik ham jismonan yetuk futbolchi bo‘lishimiz uchun bor kuchini ishga solmoqda. Uning qo‘l osida men yaxshiroq o‘yin namoyish eta boshladim. Nazariy mashg‘ulotlarda chog‘ida u bizga grand klublar tomonidan qo‘llanilayotgan taktik uslublar haqida tushuncha berib boradi. U shu yo‘sinda bizni tezkor qarshi hujumlarda va jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yishda asqotadi.»

Karpin qo‘l ostida to‘p surguniga qadar o‘zbek tamoman boshqacha futbolchi edi. Birinchidan u asosan qanot hujumida to‘p surardi. Tezkorlik va dribling orqali futbolchi qanotda havf yaratishga urunar edi. Ikkinchidan esa, futbolchi Karpindan avvalgi murabbiylar davrida juda kam vaqt maydonda bo‘lar, ochig‘I unga u qadar ishonch bildirishmagan edi.Bundan tashqari, Eldor «Rostov»ga kelguniga qadar «Bunyodkor» safidagi o‘yinlari bilan O‘zbekisonda anchagina tanilib qolgan edi. O‘zbekistonda Eldorga osonroq bo‘lgan, sababi u yerda himoyachilar hujumni erta qarshi olishmaydi. Aynan shu faktorlar sababli futbolchi jamoaga yangi kelgan chog‘ida moslashib ketishga juda qiynaldi.

O‘tgan mavsumda u asosan  Sigurdarsonning o‘rniga zahiradan maydonga tusha boshladi. Aynan o‘sha mavsumda Karpin undagi toza hujumchining sifatlarini ilg‘adi va uning kuchli jihatlarini bilib oldi. Karpin  uni doimmo mahsus vazifa bilan maydonga tushira boshladi. Shomurodov himoyalanayotgan jamoaning o‘yinidan parokandalik paydo bo‘lishi uchun to‘liq markaziy hujumchiga aylana boshladi. Aynan uning mehnatlari evaziga klub «Spartak»ni ikkinchi bo‘limdagi gollar evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, «Krasnodar» bilan durangga erishdi.

Yangi mavsumda Karpin hammasini boshidan ko‘rib chiqdi va Shomurodovni asosiy tarkib hujumchisiga aylantirdi. Bundan tashqari, o‘zbek futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma ham tuzildi. Ochig‘i futbolchining o‘sishi uchun terma jamoadagi muhitning ham ta’siri katta bo‘ldi. Shomurodov terma jamoa safida o‘z ustida tinimsiz ishlagani va Ektor Kuper tomonidan markaziy hujumda sinalgani o‘zining ijobiy ta’sirini namoyon qildi.


U Firmino va Iguain singari hujumchi, biroq kamchiliklar ham mavjud

Darhaqiqat qishda bo‘lib o‘tgan qit’a chempionaidagi o‘yinlari fubolchi uchun juda kata maktab vazifasini bajara boshladi. Aynan uning 4 ta uchrashuvda kiritgan 4 ta golidan so‘ng, «Rostov» jamoasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib oldi.

Shu o‘rinda uning to‘psiz harakatlanishini alohida qay etib o‘tish lozim. Xatto futbolni u qadar tushunmaydigan muxlis ham Shoma tomonidan to‘p uchun kurashda qancha kuch sarflanishini ekran ortidan ko‘rib turadi. U bu borada Firminoni eslatib yuborsada,  pressingda ishtirok etishda biroz oqsamoqda.  Shunday bo‘lsada, to‘p uchun kurashda uning hizmatlari hurmatga loyiq.
Uning statistikasi ham kishini quvontiradi. Hozirda Eldor Rossiyada to‘pni olib qo‘yish borasida eng kuchli 3 ta futbolchidan biri sanaladi.
Shuningdek unda ikkita ajoyib odat paydo bo‘lmoqda. Ulardan biri hujum chog‘ida o‘zi bilan bir himoyachini qanotga olib ketib bosh zona hosil qilish bo‘lsa, ikkinchisi u pleymeykerlar to‘p surishi kerak bo‘lgan nuqtalarda to‘pni eggalab olishi bilan hujumni yanada o‘tkirroq bo‘lishini ta’minlashni o‘zlashtirib bormoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchining maydondagi vazifasi umuman boshqacha edi. U ko‘proq «simyog‘och» rolini ijro etar, to‘p uchun 2-qavatda kurashlarda ishtirok etar, asosan to‘p uchun yugurish bilan vaqt o‘tkazar edi. 

Endilikda uning jamoadagi roli ham o‘zgardi. U to‘p bilan ko‘proq muomilada bo‘lmoqda va asosan jarima maydonchasi tashqarisda harakatlanmoqda.  Bundan tashqari u hujumchi sifatida bosh zonalarni qidirib topishni ham ajoyib tarzda uddalamoqda.  Uning Ural darvozasiga kiritgan goli so‘zlarimizga isbot bo‘la oladi.

 

Gol kiritilgan vaziyatni tomosha qilgan bo‘lsangiz, unda chinakam Iguainga hos hujumchilik mahoratini darrov payqaysiz.

Futbolchi o‘z kumirlari sifatida Fernando Torres va Drogbani tan oladi. Shomurov bilan Torres faqatgina tezlik bobida o‘xshash bo‘lsa, Drogba bilan ko‘plab o‘xshashliklar mavjud. U to‘psiz o‘ynashda va vaziyatlar yaratish bobida fil suyagi yurti futbolchisini eslatib yuboradi.

Valera Polevikov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:01, 28.08.2019.
O'qildi: 14675 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.