Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun gandbolchilarimiz JCH yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi

Bugun gandbolchilarimiz JCH yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ayni kunlarda Hindistonning Jaypur shahrida gandbol bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kun dasturida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadilar.

“A” guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya terma jamoalaridan mag‘lubiyatga uchragan yoshlarimiz Bangladesh termasi ustidan g‘alabaga erishdi. Beshinchi o‘rin uchun kechgan o‘tish bahsida esa musobaqa mezbonlari 35:34 hisobida mag‘lub etildi. Shu tariqa hamyurtlarimiz bugun beshinchi o‘rin uchun Xitoy Taipei jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Ushbu raqib mag‘lub etilsa, qizlarimiz kelasi yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:31, 29.08.2019.
O'qildi: 2188 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик