Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Mojaro qayta boshlandi: Neymar va «Barselona» bir-birini sudga berdi

Mojaro qayta boshlandi: Neymar va «Barselona» bir-birini sudga berdi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Neymar va "Barselona" bir-biri ustidan sudga shikoyat kiritdi. Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi 2016 yilda kataloniyaliklar bilan yangi shartnomaga imzo chekkani uchun 40 million yevro miqdorida mukofot puli olishi kerak edi. Ammo u pulning 14 million yevrosini olgan. Qolgan 26 million yevro futbolchi va uning otasiga to‘lab berilmagan. Braziliyalik futbolchi o‘sha pulni va 10 foiz miqdorida kompensasiya olishni istamoqda. Neymar va uning otasi yangi shartnoma imzolanganiga 1 yil to‘lishini kutib, 2017 yilning avgust oyida hujumchi "Pari Sen-Jermen"ga o‘tib ketdi.

"Barselona" esa boshqacha fikrda. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyatining fikricha, Neymar kelishuvga amal qilmagan. Shuning uchun jamoa 27 yoshli futbolchidan 75 million yevroni qaytarib olmoqchi.

Bu ish bo‘yicha tomonlarning dastlabki fikrini tinglash 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Aslida bu ish yanvar oyida ko‘rib chiqilishi kerak edi, ammo sud ikki marta keyinroqqa surildi.

Mazkur ish doirasida "PSJ prezidenti Nosir al-Xelayfiy ham guvoh sifatida ko‘rsatma berishi kerak. Ammo u avvalroq bergan intervyusida ko‘rsatma bermasligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yozgi transfer paytida "Barselona" Neymarni jamoaga qaytarishga harakat qildi. Ammo "PSJ" bilan transfer narxi borasida kelisha olmadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:07, 03.09.2019.
O'qildi: 15229 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.