Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ektor Kuper: «Saralash o‘yinlarini 3 ochko bilan boshlash juda-juda muhim»

Ektor Kuper: «Saralash o‘yinlarini 3 ochko bilan boshlash juda-juda muhim»

Baho:
+ | -

Falastin – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda milliy terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper bilan birgalikda Farrux Sayfiyev ishtirok etdi.

"Birinchi o‘yin hamisha juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, saralash o‘yinlarini 3 ochko bilan boshlash juda-juda muhim. O‘tkazilgan yig‘in davomida mazkur o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishga harakat qildik. O‘ylashimcha, bir qator jihatlardagi kamchiliklarni yaxshilay oldik. Mazkur o‘yindan ijobiy natija kutyapman.

Yana shuni alohida qayd etishim lozimki, guruhdagi har bir raqib – jiddiy jamoa. Har bir o‘yinga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz talab etiladi. Lekin ertangi uchrashuvda faqat 3 ochkoni ko‘zlagan holda maydonga chiqishimizni ayta olaman.

Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish. Buning uchun birinchi galda o‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz, o‘z o‘yinimizni namoyish eta olishimiz lozim. Shunda raqib zarur bo‘lsa, bizning o‘yinimizga qarab harakat qilishga majbur bo‘ladi.

Jahon chempionatiga yo‘l olishimiz uchun birinchi navbatda butun jamoamiz birlasha olishi hamda o‘z kuchimizga ishona olishimiz talab etiladi. Ya’ni har bir futbolchi oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishimizga ishona olsa, shunda biz albatta o‘z falsafamiz bo‘yicha davom etamiz va yakunda maqsadimizga erisha olamiz. To‘g‘ri, O‘zbekiston hali mundialga yo‘l ola bilmagan. Lekin imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Bu gal biz maqsadga erishishimiz imkoni bor. Faqat tarkibdagi hamma o‘z kuchimizga ishona bilishi lozim.

Jahon chempionatiga chiqishning o‘ziga xos siri yoki berkitadigan jihati yo‘q. Buning uchun jamoa o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi hamda bitta maqsad sari intilishi zarur", — dedi Ektor Kuper.

"Falastin terma jamoasi oxirgi paytlarda ancha yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Lekin bizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Biz 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Xudo xohlasa, uyga g‘alaba bilan qaytishga harakat qilamiz", - dedi Farrux Sayfiyev.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:44, 04.09.2019.
O'qildi: 8536 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.