Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Habib yoki PorYE? Fergusson kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Habib yoki PorYE? Fergusson kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

7-centabr kuni bolib o‘tadigan UFC kechasiga bo‘lgan qiziqish juda katta. Ayniqsa Habib Nurmagamedov ishtirokidagi jang kechaning bezagi bolishi kutilmoqda. Ushbu jang haqida UFC jangchilari tomonidan bildirilgan ko‘pchilikning e’tibor markazida turibdi. Hozir ushbu jang haqida bildirilgan eng so‘nggi intervyularni taqdim etamiz.

Toni Fergusson

O‘ylashimcha Habib g‘olib chiqadi. Dastinda ajoyib boks maktabi mavjud. Shuningdek u bosim o‘tkazishda ham juda faol harakatlanadi. Shunga qaramasdan Habib raqibidan ikki barobar kuchliroq tayyorgarlikka ega. Porye chaqqonroq bo‘lmagani bois uni Habib bir zumda yerga quladi. Parter holatida esa, Habib raqibiga hech qanday imkon qoldirmasligi kundek ravshan.

Kevin Lee

Bilmadim, tog‘risi bilmadim. Men Habibni juda yaxshi bilaman. Eng yomoni ham shunda. Barcha uning qanday jang o‘tkazishini juda yaxshi biladi va bundan unumli foydalanish mumkin. Habibdan qochib jang qilish va doimmo masofani saqlash lozim. Poryening oyoqlari juda yaxshi ishlaydi. Bundan tashqari Dastin chapaqay va bu unga qo‘l kelishi mumkin. Menimcha bu jang xabib uchun eng uzunlaridan biri bo‘lsa, ajab emas. Men Xabibni osonlik bilan g‘alaba qozonishiga ishonchim komil bo‘lsada, Dastindan ham hamma narsa kutish mumkinligini unutmayapman. Qisqacha qilib aytgana Dastin barcha raundlarda jang qilsa, unda kamarni uyiga olib ketish imkoni paydo bo‘ladi.

Magamed Ismailov

Dastin Habibga qarshi jangga umuman yaramaydi. Men bu so‘zlarni Habibning do‘sti bo‘lganim uchun emas, jangchi sifatida kuzatishlarimga tayanib aytmoqdan. To‘g‘ri, Dastinda ajoyib zarbalar mavjud biroq, har qanday bokschi kuchli polvon oldida barcha ustunliklaridan ayriladi. Habibning raqibi undan faqat kurash elementlarini kutmoqda. Habib esa, har bir jang uchun alohida tayyorgalik ko‘radigan ma’suliyatli sportchi. O‘ylashimcha Habib raqibi osonlik bilan mag‘lubiyatga uchratadi.

Roy Jons

Menga Habibning jang uslubini yoqtiraman. To‘g‘risi uning raqibi haqida u qadar ko‘p ma’lumotga ega emasman. Habib ushbu jangda juda e’tiborli bo‘lishi lozim. Men Nurmagamedovning bir necha yillik muxlisiman va ushbu jangda uning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. Dastinda Habib singari kuchli iroda mavjud emas. Agarda dog‘istonlik yigitcha sport formasiga kirib olsa, u istalgan raqibini mag‘lubiyatga uchratishga qodir.

Abdulmannap Nurmagamedov

Habib qo‘l jangida ancha o‘sishga erishdi. Biz jang uchun bir nechta uy vazifalarini tayyorlab qo‘yganmiz.Nasib etsa, ularni 2 raund so‘nggi va 3 raund boshida namoyish etamiz. Hozirda Habib tiza va oyoq bilan zarbalar ustida tinimsiz ishlamoqda. Agar biz jang davomida oyoq bilan zarba berishni yo‘lga qo‘ya olsak, hech qaysi bokschi masofani ushlab qolishni uddalay olmaydi. Dastinning o‘zi ham Habibga qarshi jangda hech narsaga erisha olmasligini juda yaxshi anglab turibdi. Ushbu jangda eng muhimi total boshqaruvni o‘z qo‘limizga olish.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:06, 07.09.2019.
O'qildi: 21018 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.