Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Paradzyudochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatini yuqori notada yakunlashdi

Paradzyudochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatini yuqori notada yakunlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Atirau shahrida paradzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kun bahslarida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

Ushbu kun dasturida qatnashgan terma jamoalarimiz finalgacha yetib borib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandilar. Yigitlarimiz hal qiluvchi bahsda mezbon jamoaga 2:3, qizlarimiz esa xitoylik paradzyudochilarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. E’tiborlisi, -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Sevinch Salayeva musobaqada “G‘alaba uchun iroda” nominasiyasining g‘olibi sifatida taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz yakkalik bellashuvlari yakuni bo‘yicha 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘argan edilar. So‘nggi kundagi ikki kumush medali bilan hisoblaganda delegasiyamiz musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:46, 09.09.2019.
O'qildi: 2275 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик