Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbolchilarni sindirgan ayollar 2-qism

Futbolchilarni sindirgan ayollar 2-qism

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, futbolchilarning kariyerasi davomida ayollarning tutgan o‘rni beqiyos. Bazi ayollar o‘z juftlarining katta cho‘qqilarni zabt etishi uchun harakat qilsa, ayrimlari ularni cho‘qqidan pastga itaradi. Bugun ayollar tufayli o‘z kariyerasida qoqilgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Tomas Myuller

Germaniyalik futbolchining «Bavariya» klubigi o‘rni tobora yo‘qolib borayotganidan xabaringiz bor. Niko Kovach va  futbolchi o‘tgan mavsum o‘rtalaridan beri oradagi muzni eritib tashalay olmayapti. Gap shundaki, Tomasning turmush o‘rtog‘I Liza Myuller, sevgilisining zahiradan maydonga tushayotganidan g‘azablanib Instagram sahifasida

«Murabbiy kerakli chorani qabul qilguniga qadar 70 daqiqa o‘tib ketdi» deb izoh qoldiradi. Keyinchalik, futbolchining ayoli tomonidan bildilgan fikr «Bavariya» rahbarlarining jaxlini chiqaradi va futbolchi va uning turmush o‘rtog‘i murabbiy klubdan uzr so‘raydi. O‘zi shundoq ham Kovach va Myuller o‘rtasidagi sovuq munosabat hukumron edi. Lizaning xatosi tufayli vaziyat yanada murakkablashib ketdi.

Myuller nemis muxlislarining yoqimtoyida, bir lahzada o‘z xotiniga gapi o‘tmaydigan omadsizga aylandi. Lizaning postidan so‘ng, Tomas va uning ayoli ko‘plab kulguli memlarning nishonida qolib ketdi. Afsus, Myuller yillar davomida ortirgan obro‘-e’tiborini Liza bir daqiqada yo‘qqa chiqarib yubordi.

Mauro Ikardi

Mauro Ikardi va Vanda Nara haqidagi hikoyani barcha eshitgan bo‘lsa, ajab emas. Afsuski, Ikardi o‘z agentidan voz kechdi va barcha ishlarni turmush o‘rtog‘I Vandaga topshirdi. Bu esa, Argentina terma jamoasi uchun eshiklarning batamom yopilgani bilan barobar edi. Muzokaralar borasida hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan Vanda «Inter»dan juda katta maosh va qo‘shimcha bonuslarga ega shartnoma talab eta boshladi. Keyinchalik klub bu ayoldan tezroq qutulish maqsadida Ikardidan to‘liq voz kechdi va uning tezroq boshqa klubga o‘tishini ta’minlashga va’da berdi.

O‘tgan mavsumda Ikardini «Real Madrid», «Yuventus», «Manchester Yunayted» singari grandlar o‘z safida ko‘rishni istagan bo‘lsa, Vanda Nara uning agentiga aylangach, barcha futbolchidan voz kechdi. Ikardi transfer oynasining so‘nggi kunidagina PSJ safiga o‘tdi. Bir qarashda ajoyib tanlov, biroq Mauro uchun asosiy tarkibdan joy faqat hujum uchligidan biri jarohat olsagina topilishi mumkin. U turmush o‘rtog‘ining o‘quvsizligi bois, o‘zi uchun eng noqulay tanlovni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Sababi, Vanda tufayli unga «Inter»dagi barcha eshiklar yopilgan bo‘lib, PSJdan boshqa hech qaysi klub uning agenti bilan ishlashni istamadi. Bir tasavvur qilib ko‘ring! Agarda Vanda bo‘lmaganida, Ikardi kamida 2 ta JCHda ishtirok etgan va Messi bilan fantastik tandemga aylanar edi. U ortiqcha qiyinchiliksiz top klublardan biriga o‘tgan va o‘zi uchun azaliy orzu sanaladigan YECHLda g‘olib chiqishi mumkin edi. Afsuski, u o‘z turmush o‘rtog‘I tufayli katta yutuqlara erisha olmay o‘z kariyerasini yakunlasa, ajab emas.

Jon Terri, Ueyn Bridj va Vanessa Paransel

Hammasi 2010-yilda boshlangan edi. Jon «Chelsi»dagi jamoadoshi Ueyn Bridjning turmush o‘rtog‘I bilan ishqiy munosabatlarga kirishib ketadi. Buni sezib qolgan Ueyn Jon Terrini gaplashib olishga chaqirada, biroq Jon bundan bosh tortadi. Keyinchalik Ueyn Jon bilan birga bir jamoada to‘p surishdan bosh tortadi va «Manchester Siti»ga o‘tib ketadi. Bundan tashqari, terma jamaodagi faoliyatini ham yakunlaganini e’lon qiladi.

Futbolchi turmush o‘rtig‘ining nojo‘ya harakatlaridan so‘ng, dipressiyaga tushib qoladi va futboldan asta-sekin sovib ketadi. Keyinchalik Chempionshipda o‘z faoliyatini yakunlagan futbolchi o‘z vaqtida Angiliyadagi eng kuchli markaziy yarim himoyachilardan biri ekanligiga ishonish qiyin…

Ushbu voqeyadan so‘ng, Jon Terrining hayotida  ham ko‘plab qoqilishlar yuz beradi. Futbolchi terma jamoadagi sardorlik bog‘ichidan mahrum etiladi va biror marotaba teleshovlarga chaqirilmay qo‘yadi. U bilan tuzilgan homiylik shartnomalari barbod bo‘lgani yetmaganidek, reklama kompaniyalari tomonidan chetga surib tashlanadi.

Eng achinarlisi shundaki, Vanessa homiladorligi butun dunyoga e’lon qiladi va farzandining otasi Jon ekanligini ochiqchasiga bayon etadi. Bu voqeyadan so‘ng, butun Angiliyada Jon salbiy qahramonga aylanadi va muxlisar tomonidan ko‘p bor tahqirlanadi. Xatto oradan 10 yil o‘tgan bo‘lsada, Jon Terri muxlislar tomonidan kuchli himoyachi sifatida emas, o‘z jamoadoshining ayolini yo‘ldan urgan inson sifatida xotirlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:02, 14.09.2019.
O'qildi: 17315 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.