Kirish Ro'yxatdan o'tish

Erkin kurashchilarimiz saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tishmoqda

Erkin kurashchilarimiz saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kun dasturi davom etmoqda. Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturida 3 nafar kurashchimiz bahs olib bormoqda.

Quvonarlisi, polvonlarimiz hozirgacha muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti. Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg), Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Hasanboy Rahimov (-125 kg) ikki martadan zafar quchib bo‘lishdi.

-70 kg:
Saralash: Ixtiyor Navro‘zov – Karan Karan (Hindiston) 7:0
1/8 final: Ixtiyor Navro‘zov – Ali Umarpashayev (Bolgariya) 7:6

¼ final: Ixtiyor Navro‘zov – David Bayev (Rossiya)

-74 kg:
Saralash: Bekzod Abdurahmonov – Franklin Gomes (Puerto-Riko) 4:0
1/8 final: Bekzod Abdurahmonov – Yeandri Kabalyero (Kuba) 10:6

¼ final: Bekzod Abdurahmonov – Hojimurod Gadjiyev (Ozarbayjon)

-125 kg:
Saralash: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela) 10:0
1/8 final: Hasanboy Rahimov – Daniyel Ligeti (Vengriya) 5:0

¼ final: Hasanboy Rahimov – Taxa Akgul (Turkiya) / Aleksandr Romanov (Moldova)

Eslatib o‘tamiz, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov ishtirok etayotgan vazn Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Vakillarimiz kamida yarim finalga chiqa olishsa, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:52, 20.09.2019.
O'qildi: 2021 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.