Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Dunyoning eng zo‘r bokschilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Dunyoning eng zo‘r bokschilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahri boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi. 20-bor o‘tkazilgan mazkur musobaqada dunyoning 78 mamlakatidan 400 ga yaqin bokschi ishtirok etdi. Quvonarlisi, unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arib, mazkur jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi. Bugun delegasiyamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Bunday yuksak natija bee’tibor qoldirilgani yo‘q. Bokschilarimizni kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federasiyasi raisi Achilbay Ramatov ham ishtirok etib, yigitlarimizning jahon chempionatidagi bunday muvaffaqiyatli ishtiroki bilan qutladi va Tokio Olimpiadasida ham shunday zafarli g‘alabalar tilab qoldi.

Marosimda, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, ko‘plab jamoat tashkilotlari, sportchilarimizning yaqinlari va yuzlab boks ishqibozlari qatnashdi. Marosimda bokschilarimiz nomidan Bahodir Jalolov so‘zga chiqdi.

“Yarim tun bo‘lishiga qaramasdan bizlarni kutib olishga chiqqaningiz uchun rahmat. Biz Rossiyada barchangizning qo‘llab-quvvatlashingizni, duolaringizni his qilib turdik. Nasib qilsa, kelasi yil Tokio Olimpiadasida ham o‘zbekistonlik bokschilarning nimalarga qodirligini namoyish etib, boks bo‘yicha birinchi raqamli terma jamoa ekanimizni ko‘rsatib qo‘yamiz”, – dedi Bahodir Jalolov.

Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov o‘z qo‘shiqlari bilan kechaga yanada fayz berdi. Shundan so‘ng bokschilarimiz karnay-surnay navolari ostida kuzatib qo‘yildi.

E’tiboringizga mazkur tadbirdan olingan boshqa fotosuratlarni ham havola qilamiz

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 07:13, 23.09.2019.
O'qildi: 6813 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.