Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

“Tashkent Open-2019” bosh sovrini Belgiyaga yo‘l oldi

“Tashkent Open-2019” bosh sovrini Belgiyaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bir hafta davomida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari ayollar o‘rtasida WTA turkumiga kiruvchi an’anaviy “Tashkent Open” xalqaro turniriga mezbonlik qildi. 21-bor o‘tkazilgan musobaqada bosh sovrinni belgiyalik Alison Van Eytvank qo‘lga kiritdi.

Biroz avval joriy yil ushbu musobaqa so‘nggi marotaba o‘tkazilayotgani va u tarixga muhrlanishi haqida xabarlar chiqqandi. O‘z navbatida musobaqa tashkilotchilari ham so‘nggi bor tashkil etilayotgan “Tashkent Open” turnirini har qachongidan yuksak saviyada o‘tkazishga astoydil harakat qilishdi.

“Tashkent Open” xalqaro turniri hamisha yuksak saviyadagi tashkilotchiligi bilan nom qozongan. Shu bois unda ishtirok etish istagini bildiruvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Joriy yil ham Toshkent kortlarida avvalgi musobaqalarda g‘olib chiqqan chempion tennischilardan 6 nafari yana bosh sovrin uchun kurashga kirishdi. “Tashkent Open-2019”da avvalgi chempionlardan Margarita Gasparyan (Rossiya), Kristina Plishkova (Chexiya), Irina-Kameliya Begu, Sorana Kirstya (har ikkalasi ham Ruminiya), Ekaterina Bondarenko (Ukraina) hamda Polen Parmentye (Fransiya) tarixda ikkinchi bor ushbu musobaqa g‘olibiga aylanish yo‘lida bahslarga kirishdi. E’tiborlisi, o‘tkazilgan 20ta turnirda hech bir tennischiga ikki bor musobaqa g‘olibi bo‘lish nasib etmagandi va bu an’ana so‘nggi marotaba tashkil etilgan musobaqada ham kuzatildi.

Joriy yilgi turnirda uchinchi tartib raqami bilan qayd etilgan belgiyalik Alison Van Eytvank finalda sobiq chempion Sorana Kirstya ustidan uch setda 6/2, 4/6 va 6/4 hisobi bilan g‘olib chiqdi va “Tashkent Open” xalqaro turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba evaziga belgiyalik raketka ustasi 43 000 AQSH dollari hamda 280 reyting ochkosini ishlab oldi.

Turnirning yopilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharif Mo‘minjonov ishtirok etdi.

“Tashkent Open-2019”. Final

Alison Van Eytvank (Belgiya, 3) – Sorana Kirstya (Ruminiya, 8) – 6/2, 4/6, 6/4

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:16, 30.09.2019.
O'qildi: 3907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.