Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Prevyu. “Navbahor” - “Dinamo”

Prevyu. “Navbahor” - “Dinamo”

Baho:
+ | -1

Coca Cola Superliga 21-turi doirasida Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.    

Mazkur jamoalar shu kungacha Superliga (oliy liga) bahslarida 47 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarda namanganliklar 25, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 9ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 84-43, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 84, “arslonlar” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.     

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0  hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan.

E’tiborlisi, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.

Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 23ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlardan 17 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6ta bahsda durang qayd etilgan. “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan.   Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati -  53-10, jamoamiz foydasiga.

Bu klublarning birinchi davrada Samarqandda kechgan bahsida durang – 2:2 hisobi qayd etilgandi. O‘sha o‘yinda “Navbahor”ning gollariga Slavko Lukich va Aleksandr Kasyan mualliflik qilishgandi.      

Bo‘lajak o‘yinda sevimli jamoamizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.        

 “Navbahor“ PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 13:38, 30.09.2019.
O'qildi: 2317 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик