Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Andrey Shipilov: “Bugungi o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmadi”

Andrey Shipilov: “Bugungi o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmadi”

Baho:
+ | -

Coca Cola superliga 21-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Metallurg”uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

- Biz uchun sentyabr oyi juda og‘ir keldi. Bundan oldingi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchragandik. Bugun safarda g‘alaba qozondik.

Birinchi bo‘limda shogirdlarimning hatti-harakatlarini tushuna olmadim. Futbolchilarimiz yomon o‘ynashdi. To‘g‘ri safarda uchta gol urdik, uch ochko oldik , lekin bugungi o‘yinimiz meni qoniqtirmadi. Professional futbolchilar bunday o‘ynamasliklari kerak. Birinchi taymda juda sust o‘ynadik. Futbolchilar go‘yoki maydonda uxlashdi. Menimcha, ular o‘yinga bunday munosabatda bo‘lmasliklari lozim. “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun yaxshi to‘p surdi. Jamoa yetakchilarisiz ham maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Qo‘qonliklar bugun muxlislarbop futbol ko‘rsatishdi. Xolmuhammedov qizil kartochka olib maydonni tark etgani foydamizga ishladi.

Mavsumning oxirgi qismi dahshatli bo‘lishini kutyapman. So‘nggi turlardagi har bir ochko jamoalar uchun qimmatli sanaladi. Shuning uchun shogirdlarimga xotirjamlikka berilmaslikni so‘radim. Hali bizni qiyin uchrashuvlar kutmoqda.

Bugungi o‘yindagi eng faol o‘yinchi bu Quvondiq Ro‘ziyev bo‘ldi. Umuman olganda, Quvondiq barcha o‘yinlarni yuqori darajada o‘tkazmoqda. Uning o‘yinlarning ancha vaqtdan beri kuzatib kelaman. Uni bejizga terma jamoaga taklif etishmadi.

Shaxboz Erkinov ham zaxiradan maydonga tushib o‘yinni ancha kuchaytirib yubordi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:17, 30.09.2019.
O'qildi: 1967 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик