Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Tachmurat Agamurodov: «Imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurashamiz»

Tachmurat Agamurodov: «Imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyin “Dinamo” bosh murabbiyi Tachmurat Agamurodov o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

“Jamoamiz uchun ayni paytda Superligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun har bir ochko qadrli. “Navbahor” esa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan klub. Shu bois, biz mazkur bahsda himoyaviy o‘yin namoyish etishni rejalashtirgandik. Afsuski, niyatimizga yetolmadik. Shunday bo‘lsa-da, yigitlarga maydonda barcha imkoniyatlarini ishga solishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. “Navbahor”ni esa g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi bahslarda namanganliklarga omad yor bo‘lishini tilayman.

Ushbu jamoalarning birinchi davrada Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘yinini tomosha qildim. Haqiqatdanam o‘sha bahs juda qiziqarli tarzda kechgan ekan. Biroq, ta’kidlaganimdek, biz uchun har ochko ayni paytda “oltin”ga teng. Shu bois, Namanganda ochiq o‘yin namoyish etolmasdik. Namanganga ochko olish uchun kelgandik, ammo niyatimizga yetolmadik. Lekin hali hech narsa yo‘qotilmadi hamda “Dinamo” Superligada “jon saqlab qolish” uchun oxirigacha kurash olib boradi. Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz.

Bunga jamoamizda nazariy jihatdan imkoniyat bor va biz undan maksimal darajada foydalanishga intilamiz. Shogirdlarim qolgan o‘yinlarda ham maydonda bugungidek bor kuchlari bilan harakat qilishsa, oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshiramiz, degan umiddaman. Meni “Dinamo”ga jamoani Superliga olib qolish uchun taklif qilishgan. To‘g‘ri, jamoamiz hozir qiyin ahvolda. Bundan tashqari, keyingi uchrashuvlardagi raqiblarimiz ham anoyi emas. Lekin yomon askargina general bo‘lishni orzu qilmaydi. Shuning uchun o‘z niyatimizni amalga oshirish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz" - deydi "Dinamo" bosh murabbiyi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:29, 02.10.2019.
O'qildi: 2260 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.