Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Liverpul» yangi yetakchisi kim? Salah yoki Mane?

«Liverpul» yangi yetakchisi kim? Salah yoki Mane?

Baho:
+ | -

Ayni damda «Liverpul» jamoasida to‘p surayotgan Muhammad Salah va Sadio Maneni solishtirish urfga kirib bormoqda. Ho‘sh ulardan qay biri klub uchun foydaliroq? Biz ularning imkoniyatlari va kuchli tomonlarini e’tiboringizha havola etamiz. Bugungi qismda Senegallik futbolchining kuchli tomonlari e’tirof etilsa, ertaga misrlik futbolchining kuchli jihatlari alohida yodga olinadi. Xulosa esa, siz azizlardan

Mane foydaliroq


So‘nggi yillarda Sadio Mane muhim gollarni kiritish borasida Salahdan o‘zib ketmoqda. Aynan uning gollari jamoaga o‘ta muhim g‘alabani taqdim etmoqda. «Chelsi»ga qarshi "super kubog" uchrashuvidagi o‘yin so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, o‘tgan mavsumdagi YECHL o‘yinlarida ham Mane jamoaga suv va havodek zarur gollarni kiritgan bo‘lsada, parda ortida qolib ketgan edi.

Bu mavsumda APL o‘yinlarining naqd 2 tasida futbolchi jamoasi 3 ochko ishlab olishini ta’minlab berdi. Umumiy ko‘z bilan qaralganda Manening so‘nggi yillardagi gollari Salahnikidan kamroq bo‘lsada, o‘ta foydaliligi bilan yodda qolmoqda.

Mane Pressingda juda faol



Kuchli pressingga asoslangan futbolni targ‘ib qiluvchi Yurgen Kloppning jamoasida Sadio Manening o‘rni beqiyos. Sababi, Mane himoyaga yordam berish va jamoaviy pressing bo‘yicha eng faol fudbolchilardan biri. Yangi mavsumda futbolchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 2, 6 bor to‘p uchun kurashda g‘oli chiqqan bo‘lsa, Salahda ushbu ko‘rsatgich 0,4 tashkil etmoqda. Mane Salahdan farqli o‘laroq jismonan baqquvat va istalgan hajmdagi himoyachiga qarshi yelkama-elka kurash olib bora oladi. Bundan tashqari, uni mayda qo‘polliklar bilan to‘xatatib qolishning iloji yo‘q.

Aniqlik

Avvalari Mane vaziyatlarni amalga oshirish borasida biroz oqsar edi, biroq endilikda senegallik futbolchi barchasini o‘z joyiga qo‘ymoqda. Eng qizig‘i shundaki, Salahdan farqli o‘laroq maydonda qora ishni amalga oshiruvchi Sadio Mane o‘tgan mavsumda Salah bilan bir xil ko‘rsatgich (22 ta gol) qayd etgani tahsinga sazovar. Eng muhimi shundaki, o‘tgan mavsumda Salah o‘rtacha 3,6 ta zarbadan so‘ng darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Mane gol kiritishi uchun o‘rtacha 2,4 ta zarba kifoya qilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, Manedan gol kiritish uchun imkoniyat birmuncha kamroq bo‘lgan va shunda ham kiritilgan gollar soni teng! Agar penaltilardan kiritgal gollarni inobatga olmasak, Mane ochiqchasiga oldinga o‘tib oladi. U maydonda kam fint  ishlatgani bois kamroq ko‘rinsada, Salahdan foydaliroq harakat qilishni uddalamoqda.

Bosim va O‘sish



Sadio so‘nggi yillarda o‘z o‘yinini har jabhada kuchaytirib bormoqda. U avvalgidanda chaqqonroq va hujumkor futbolchiga aylanibgina qolmay, maydon bo‘ylab universal futbolchiga o‘xshab bormoqda. Bundan tashqari, u maydonda o‘zini juda erkin tutadi. Salahdan farqli o‘laroq u o‘ziga nisbatan hech qanday bosimni his etmaydi. Misrlik futbolchi esa, har bir uchrashuvda o‘z statusiga mos o‘yin ko‘rsatishi va muxlislarining mehrini yo‘qotmaslik haqida o‘ylashga majbur. «Oltin to‘p», «The Best», «Oltin butsa» singari unvonlarni qo‘lga kiritishi uchun tinimsiz gol kiritishi shart. Afsuski, futbolchi qachonki uning atrofidagi narsalar haqida bosh qotirar ekan, u doim futboldan chetda qolib ketishga majbur. Aynan shu omillar tufayli Salah APLdagi ilk mavsumida 32 bor gol kiritgan bo‘lsa, keying mavsumda atigi 22 ta bilan cheklanishga majbur bo‘lgan edi. Bu mavsumda esa, bu ko‘rsatgich yana pasayishi mumkin. Mane bu borada tamomilan uning aksi. U o‘yindan-o‘yinga o‘ziga bo‘lgan ishonchni his etib bor e’tiborini to‘liq maydonga qaratishi mumkin. Unda hech qanday ortiqcha bosimning o‘zi yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:42, 06.10.2019.
O'qildi: 7485 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.