Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Yevro-2020 saralash. «N» guruhi. Fransiya va Turkiya kichik hisobda g‘alaba qozonishdi

Yevro-2020 saralash. «N» guruhi. Fransiya va Turkiya kichik hisobda g‘alaba qozonishdi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida kecha oqshom 3ta guruhda 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. "H" guruhida Yevropa chempionatini qo‘lga kiritish ehtimoli yuqori bo‘lgan 2ta jamoa aniq bo‘lib qoldi.

Turkiya terma jamoasi o‘z maydonida Albaniyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol urib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Islandiya esa o‘z uyida Fransiyaga kichik hisobda yutqazdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni Olivye Jiru penaltidan kiritdi.

Shu tariqa, Turkiya va Fransiya hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi. Islandiya esa 12 ochkoga ega. Turklarni keyingi 2ta turda qiyin o‘yinlar kutib turibdi: safardan Fransiya (14 oktyabr) va uyda Islandiyaga qarshi. Mazkur o‘yinlar bu guruhdan Yevro-2020ga yo‘l oladigan jamoalarni aniqlab beradi.

Andorra terma jamoasi esa ketma-ket 56ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyadan keyin ilk marta g‘alaba qozondi.

Yevro-2020 saralash bosqichi
"N" GURUHI
Islandiya – Fransiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 66, penalti Jiru.
Islandiya – Xalldoursson, Arnason, Skulason, Sigurdsson, Paulsson, Traustason (Sigurdsson, 81), Byarnason, Siguryonsson (Finnbogason, 73), Gudmundsson (Bedvarsson, 16), Sigurdsson, Sigtorsson.
Fransiya – Mandanda, Pavar, Din, Varan, Langle, Matyuidi, Tolisso, Sissoko, Koman (Ikone, 88), Grizmann, Jiru (Ben-Yedder, 78).

Andorra – Moldova 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 63 Vales.
Andorra – Gomes Moreyra, Maks Lyovera, Lima, San-Nikolas, Martines (Alaes, 61), Rubio, Vales, Vyeyra, Servos, Puxol (Rodriges Soriya, 83), Klemente (Rebes, 73).
Moldova – Koshelev, Graur, Prepelise, Posmak, Ryabchuk, Ionise, Mixalev (Dedov, 72), Ginsar, Chebotaru, Suvorov, Boychuk.
Chetlatish: Ginsar (55).

Turkiya – Albaniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Tosun.
Turkiya – Gyunok, Ayxan (Seyundjyu, 46), Merash, Chelik, Demiral, Tufan (Yazidji, 80), Belezoglu (Kaxvedji, 66), Tekdemir, Chalxanoglu, Yilmaz, Tosun.
Albaniya – Strakosha, Gimshiti, Dermaku, Ismayli, Lenyani (Roshi, 57), Bare, Gyasula, Memushay (Abrashi, 72), Veseli, Manay, Sikaleshi (Balay, 83).

JamoaO‘yin G‘  D   M  T - N Ochko
1 Fransiya 7 6 0 1 20-4 18
2 Turkiya 7 6 0 1 15-2 18
3 Islandiya 7 4 0 3 10-10 12
4 Albaniya 7 3 0 4 10-10 9
5 Andorra 7 1 0 6 1-14 3
6 Moldova 7 1 0 6 2-18 3
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:12, 12.10.2019.
O'qildi: 2915 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик