Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Gari Medel Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.
Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi oyog‘idan olgan jarohati sababli terma jamoa lagerini tark etdi. U yaqin vaqt ichida “Bolonya” safiga qaytib keladi.