Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

15 yillik to‘ying muborak, Leo!

15 yillik to‘ying muborak, Leo!

Baho:
+ | -

Bugun “Barselona” futbolchisi Lionel Messining “Barselona” safida ilk bor maydonga tushganiga roppa-rosa 15 yil bo‘libdi. Vaqtning o‘tishini qarang.

FANTASTIK DAVRNING BOSHLANISHI

2004 yilning 16 oktyabri. “Monjuik” stadioni. Kataloniya derbisi. "Espanyol" – "Barselona". Hisob 0:1. O‘yin yakunlanishiga sakkiz daqiqa qolgan. Bosh hakam “Barselona” safida o‘zgarish qilishga ruxsat berdi. Maydonni yagona golga mualliflik qilib turgan Deku tark etdi. O‘rnini esa Lionel Messi egalladi. Shu paytda Messi 17 yosh, 3 oy va 22 kunlik edi.

Messining debyut goli esa 2005 yilning 1 mayiga to‘g‘ri kelgan. “Ko‘k-anorranglilar”ning ashaddiy muxlislari yaxshi bilishadi, balki ko‘rishgandir ham. Messi o‘shanda Ispaniya chempionati doirasida «Albasete» darvozasiga gol urgandi. Ta’kidlash kerakki, Messi “Barselona” safidagi dastlabki mavsumida jami 77 daqiqa o‘ynagan.

“U MO‘’JIZAVIY TAYOQCHA”

“Barselona” safidagi ilk kunlaridayoq Messi ushbu klubning boshqa bir afsonasi Ronaldinyoning e’tiborini qozongandi. Ma’lumot uchun, Messining birinchi goliga aynan braziliyalik futbolchi assistentlik qilgan.

"U tug‘ma iste’dod sohibi. Yoshligidan futbolga qiziqqan. “Barselona” safiga kelib qo‘shilganida esa allaqachon professionalga aylanib ulgurgandi. Biz Messini katta quvonch bilan qarshi oldik, u faoliyatini aynan “Barselona”da boshlaganidan xursandman. Eng quvonarlisi, u birinchi golini mening uzatmamdan keyin kiritgandi”, degandi Ronaldinyo intervyularining birida.

15 yillik barqarorlik

Messi “Barselona”ga kelib qo‘shilgani zahoti o‘zini ko‘rsata olgan. Gvardiolaning ishonchini qozonib, Zlatan Ibragimovichning jamoadan ketishiga sababchi bo‘lgan, aniqrog‘i Zlatandan ko‘ra yaxshiroq yetakchi bo‘la olishini ko‘rsatgan Messi buni hamon isbotlab kelmoqda. 10 yildan oshiq muddat bir xil darajada o‘ynash — juda mushkul ish. Messi esa buning uddasidan chiqib kelmoqda.

“Barselona” Messi davrida o‘zining eng yorqin damlarini o‘tkazdi, desak, xato bo‘lmas. Messidan oldin Kataloniya klubida yaqqol yetakchi yo‘q edi. Bir vaqtda bir nechta yulduzlar o‘ynashgan. To‘g‘ri, Leo davrida ham “Barselona”da yulduzdar bor edi, biroq Messi yaqqol ajralib chiqishni uddaladi. Bu borada unga tug‘ma iste’dod yordam berdi — raqiblarni ketma-ket alday olish, chiroyli zarbalar, betakror uzatmalar va qoyilmaqom jarima zarbalari. Muhimi, bu jihat Messini hamon tark etgani yo‘q. U hozir ham raqiblarni aldamoqda, vaziyatlarni chiroyli gollar bilan tugatyapti, jamoadoshlarini uzatmalar bilan ta’minlayapti, jarima zarbalarini-ku aytmasa ham bo‘ladi. Va katta ehtimol bilan kamida ikki yil ana shu darajada o‘ynay oladi bu Messi deganlari.

10 yillik shartnoma

“Barselona” Messiga 10 yillik shartnoma taklif qildi. Bu argentinalik futbolchi Kataloniya klubida faoliyatini yakunlaydi degani agar u yangi shartnomaga imzo cheksa. Hozir “Barselona”ni Messining yana necha yil yuqori formada o‘ynashi qiziqtirmayapti, jamoaga faqat bitta narsa kerak — Messi qolsa bo‘ldi. Lionel bunday qadrlanishga arziydi. Biz esa Messiga “Barselona”da chorak yillik yubileyini nishonlashi tarafdorimiz. Olg‘a, Messi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:30, 16.10.2019.
O'qildi: 4805 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.