Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Abramovning terma jamoga murabbiy bo‘lgani «Bunyodkor»ning o‘yiniga ta’sir o‘tkazdimi? Qosimov javob berdi

Abramovning terma jamoga murabbiy bo‘lgani «Bunyodkor»ning o‘yiniga ta’sir o‘tkazdimi? Qosimov javob berdi

Baho:
+ | -

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda  AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. O‘yindan so‘ng matbuot anjumanining birinchi qismida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

“Bir gapni qaytarishni hech kim xohlamaydi. Ko‘rdingiz o‘yin kutilganidan kech yakunlandi. Bu vaqtda hozir biz uyda bo‘lishimiz kerak edi. Keling kamroq gapiramiz.

Darvoza chizig‘idagi raqobat? Bizda 3ta kuchli darvozabonlar bor. Mavsum boshidan buyon ularning har biriga imkoniyat berdik. Sultonov hozirda optimal formada.

To‘g‘ri, mavsum boshida biroz o‘yinlarimiz o‘xshamadi. Sababi yangi joyga moslashish oson emas. Umuman har qanday sohada shunday. Yil boshida juda ko‘p xatolar qimmatga tushdi. Oddiy vaziyatlardagi xatolar, darvozabonlardan boshlab, hujumchilarga qadar beqaror ko‘ringandi. Umuman futbolda omad degan tushuncha kerak. Ba’zi vaziyatlarda esa omad kulib boqmadi. Yangi jamoani qurish uchun esa vaqt kerak. Hozirgi paytda futbolchilar yomon harakat qilishmayapti. Umuman futbolni yuqori ishtiyoq bilan o‘ynash kerak. Shundagina nimagadir erishish mumkin.

Abramovning terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor" o‘yiniga ta’sir qildimi? Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman. Tashqaridan hamma narsa oson ko‘rinadi. Baribir buni ichkarida his qilgan boshqa. Shu boisdan bu haqida biror narsa deyish qiyin. Abramov boshchiligidagi terma jamoamizga omad tilayman”, -deya Qosimov so‘zlarini keltiradi Stadion.uzjurnalisti Jaloliddin Qobiljonov.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:13, 18.10.2019.
O'qildi: 6553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.