Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. «MYU» «Liverpul» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

APL. «MYU» «Liverpul» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 9-turi doirasida markaziy o‘yin "Old Trafford"da bo‘lib o‘tdi. "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Liverpul"ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

O‘yin xavfli vaziyatlarga boy bo‘lmadi. Jamoalar asosan yopiq o‘yin namoyish qilishdi. Bugungi uchrashuvga Saloh kabi ijodkor futbolchi yetishmadi.

Bahsning 36-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Mankunianliklar maydon markazida Origidan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga asos solishdi. Jeyms o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Reshford yaqin masofadan darvozaga burib qo‘ydi. VAR "MYU" hujum boshlashdan avval Origiga nisbatan fol ishlatildimi yoki yo‘qmi, vaziyatni tekshirib, golni inobatga olish haqida qaror chiqardi.

Yurgen Klopp ikkinchi bo‘limda bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirib, raqib mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilgan bo‘lsa, Sulsher asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, qarshi hujumda payt poyladi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida liverpulliklarga omad kulib boqdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma himoyachilar orasidan o‘tib ketdi va Lallana bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Liverpul"ning g‘alabali o‘yinlar seriyasi uzilib qoldi. Ammo jamoa mag‘lubiyatdan chiqib ketdi. Endi "qizillar" 2-o‘rindagi "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda bormoqda.

Angliya premyer-ligasi, 9-tur
MANCHESTER YUNAYTED - LIVERPUL - 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 36 Reshford, 1:1 – 85 Lallana.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Uan-Bissaka, Lindelef, Roxo, Djeyms, Maktomini, Pereyra (Uilyams, 90), Fred, Maguayr, Reshford (Marsyal, 84).
Liverpul – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Fabinyo, Veynaldum (Keyta, 82), Xenderson (Lallana, 71), Mane, Origi (Oksleyd-CHemberlen, 60), Firmino.
Ogohlantirish: Fabinyo (70).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:24, 20.10.2019.
O'qildi: 8643 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик