Jahon chempionatlarining futbolda tutgan o‘rni beqiyos. Ushbu musobaqa xar 4 yilda ko‘plab yang nomlarni kashf etishga va futbol olamida yangi yulduzlarning paydo bo‘lishini ta’minlab beradi. Bugun Mundiallar ortidan juda katta mashxurlikka erishgan futbolchilar haqida so‘z boradi.
Rushtu Rajber
2002-yilda Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligi ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. O‘sha musobaqada deyarli barcha zarbalarni bartarf etgani bilan yodimizda qolgan darvozabon Rushtu Rajber haqida alohida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik. Turkiyalik posbon mundialga qadar faqatgina Turkiya chempionatida to‘p surgan o‘rtamiyona futbolchilardan biri bo‘lgan bo‘lsada, qit’amizda bo‘lib o‘tgan futbol bayramidan so‘ng super yulduzga aylanib ketdi. JCHdan so‘ng, «Barselona» klubiga o‘tgan qahramonimiz aytarli yutuqlarga erishmagan bo‘lsada, hali-xamon barcha muxlislarning yodidan ko‘tarilganicha yo‘q.
Kevin-Prins Boateng
2010-yil JARda bo‘lib o‘tgan mundial Boatengning hayotini batamom o‘zgartirib yubordi desak, adashmagan bo‘lamiz. Hujumda va himoyada birdek faol o‘yin ko‘rsatgan tajavuzkor yarim himoyachi futbol olamiga dadil qadamlar bilan kirib keldi. Terma jamoa safida qahramonimiz musobaqaning eng foydali futbolchisi deb topilibgina qolmay, ko‘plab super grandlar e’tiborini o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi. JCHdan so‘ng, «Milan» jamoasiga o‘tgan Boateng bir necha mavsum yuqori darajada futbol namoyish etgan bo‘lsada, keyin futboldan zerikib qoldi shekili. O‘sha mundialga qadar kamtarin «Portsmun» klubida eng kam maosh oluvchi futbolchilardan biri Italiyaning eng daromadli futbolchisiga aylandi. Keyinchalik uning faoliyati ko‘plab klublarda davom etgan bo‘lsada, o‘sha JCHda ko‘rsatgan o‘yinlarni qayta namoyish eta olmadi.
Park Ji Sun
2002-yilda bo‘lib Jahon birinchiligi oldidan Park ji Sun nomini deyarli hech kim eshitmagan, xatto Janubiy Koreyalik muxlislar ham u haqida aytarli ma’lumotga ega emas edi. Gus Hidding boshchiligidagi Janubiy Koreyaning yarim finalga qadar yetib borishida katta rol o‘ynagan Park bir zumda dunyoga tanilib ketdi. Darhaqiqat, o‘sha musobaqadan bir yil o‘tib PSV jamoasida ish boshlagan Gus Parkni o‘zi bilan Gollandiyaga super yulduz maqomida olib kelgan edi. Gollandiyadagi sovrinli mavsumlardan so‘ng futbolchi «Manchester Yunayted» klubiga o‘tib ketdi va klublar darjasidagi deyarli barcha sovringa ega chiqdi. Futbolchining taqdirini o‘zgartirib yuborgan mundial chog‘ida 21 yoshdagi yigitcha musobaqadagi omadli yurishdan so‘ng 10 yil davomida Osiyo futbolining yuzi sifatida qayd etilgani tahsinga sazovor.
Mesut O‘zil
JARda bo‘lib o‘tgan mundialga qadar «Verder» klubi futbolchisi sanalgan O‘zil mundial davomida barchani hayratda qoldirdi. Mesut o‘sha musobaqada eng ko‘p hafvli vaziyat yaratgan futbolchi (18) sifatidagina emas, Germaniya terma jamoasining yetakchisi sifatida ommaga tanildi.
Ueyn Runi Germaniyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng Aleks Fergussonga qo‘ng‘iroq qilib O‘zilni tezroq sotib olishni maslahat bergan bo‘lsada, futbolchi uchun kurashda «Real Madrid» g‘olib chiqdi va germaniyalik futbolchi 18 million yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tdi. Mesut «qirollik klubi» safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritibgina qolmay, bir necha yil davomida dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri darajasiga ko‘tarildi.
Keylor Navas
Kosta-Rikalik darvozabon 2014-yilda bo‘lib o‘tgan mundialga qadar kamtarano «Levente» jamoasi darvozasini qo‘riqlasada uni mashxur futbolchi deb bo‘lmas edi. Shunga qaramay Braziliyada bo‘lib o‘tgan Mundial uni xalq qahramoniga aylantirdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Musobaqa davomida qahramonimiz 3 bor o‘yining eng yaxshi futbolchisi deb topilganini alohida e’tirof etish lozim. Aynan uning ishonchli o‘yinlari sabab Kosta-Rika o‘z tarixida ilk bor musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borishga muvaffaq bo‘lgan edi. Musobaqadan so‘n, «Levante» klubi takliflarga ko‘milib qolgan bo‘lsada, darvozabon uchun kurashda «Real Madrid» g‘olib chiqdi. Eng qizig‘I shundaki, Navas «Real Madrid»ning ikkinchi darvozaboni bo‘lishi taxmin qilinga, klub tez orada David De Xeani qo‘lga kiritishi tahmin qilingan edi.
Uyog‘iga nimalar bo‘lganidan xabaringiz bor. Navas o‘ziga ishonmagan barchaning ishonchini qozonibgina qolmay, «qaymoqranglilar» tarkibida