Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jinoyatchi guruhlardan yashirinib yashagan mashhur futbolchi

Jinoyatchi guruhlardan yashirinib yashagan mashhur futbolchi

Baho:
+ | -

Roberto Firmino. «Liverpul» safida yanada porlab, butun dunyoga mashhur bo‘lgan braziliyalik futbolchi. Uning hayoti bir qarashda qiyinchiliksiz o‘tgandek tuyilishi mumkindir. Ammo Braziliyaning mojaroli muhiti va mashaqqatli hayoti Firminoni ham chetlab o‘tmagan.

O‘G‘LIDAN XAVOTIRGA TUSHGAN ONA

Roberto Firmino Barbosa de Oliveyra 1991 yilda 2 oktyabrda, Braziliyaning Alagoas shtati markazi hisoblangan Maseyo shahrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi Xose Roberto Kordeyro va Mariana Chichera Barbosa de Oliveyra edi.

Firmino bolaligida ota-onasining himoyasida bo‘lgan. Sababi, futbolchi yashaydigan tumanda jinoyatchilik avj olgan edi. Ona o‘g‘lini tashqariga chiqarmas, har qadamda uni xavf-xatardan himoya qilishga intilardi. U Robertoning jinoyatchi to‘dalar ta’siriga tushib qolishidan qo‘rqar, shu bois uyni deyarli tark etmasdi.

FUTBOLGA QARSHI BO‘LISHGAN

Keyinchalik u otasiga pul topishda yordam beradigan bo‘ldi. Xose Roberto Kordeyro Mayeo ko‘chalarida suv sotar, bu oilaning yagona tirikchiligi edi. Ko‘p hollarda uyda pul bo‘lmaydi. Firmino esa bu paytda futbolga ko‘ngil qo‘ygan, uning yagona ovunchog‘i futbol edi.

Otasi o‘g‘lining to‘p tepib yurishiga qarshi edi. U buni bekorga vaqt o‘tkazish deb hisoblardi. Ammo yosh Firmino yo‘lini qilib uydan chiqib ketar va to‘p tepishga imkon topardi.

Futbolchining onasi Mariana shunday eslardi: «Roberto juda vaqtli uyg‘onardi. Men uxlayotganimda hovliga chiqardi, keyin esa futbol o‘ynardi».

«QASHSHOQLIKDAN OLIB CHIQAMAN»

8 yoshli Firmino futbol orqali oilasini qashshoqlikdan olib chiqishga qaror qildi. O‘g‘lining futbolga ishtiyoqini ko‘rgan, qo‘shnilardan Firminoning iqtidori haqida eshitgan ona uning futbol o‘ynashini taqiqlamaslikka qaror qildi. Har bir ona o‘g‘lining nimalarga qodir ekanligini sezadi, xususan, Mariana ham. U o‘g‘lining mashhur futbolchi bo‘lishiga ich-ichidan ishonadi.

Ota-onasi Robertoni KRB («Klub Regatas Brazil») maktabiga berishga qaror qiladi. Hammasi yaxshi boshlanadi, ammo keyin KRB inqirozga yuz tutdi. Moliyaviy muammolar kuchaydi, murabbiylarga maosh berilmadi, yosh futbolchilar esa o‘zlari bilan o‘zlari bo‘lib qolishdi. 14 yoshli Firminoni bu holatdan Marsellush Portella, KRBda tish doktori bo‘lib ishlagan erkak olib chiqdi.

TO‘KIN HAYOT SARI…

Portella bu holatni shunday eslaydi: «Robertoning oilasi juda qashshoq va sabrli edi. U oyoq yalang o‘ynardi. Firmino «San Paulu» klubi e’tiboriga tushganida otasi ishidan ayriladi. Shuning uchun barcha xarajatlarni o‘y bo‘ynimga olganman. O‘sha paytda Roberto juda xotirjam yigit edi. U tengilar giyohvand moddalarga qiziqar, mashina o‘g‘irlar, shunga o‘xshash ko‘ngilxushliklar bilan band bo‘lardi. Ammo Roberto faqat futbolga e’tibor qaratdi. Bu esa juda yaxshi holat edi.

Men Robertoning birinchi o‘yinini ko‘rganimda, u kelajakda yulduz bo‘lishini angladim. To‘g‘ri, «San Paulu»dagilar bunday hisoblashmadi. Ammo biz tushkunlikka tushmadik va boshqa imkoniyatlarni izladik. Keyinroq esa «Figeyrense» klubi qiziqish bildirdi. Firmino imtihondan ajoyib tarzda o‘tdi va klubga qabul qilindi.

«Birinchi mashg‘ulotidayoq u chalqancha uslubda ikkita gol urdi. Uning iqtidori juda zo‘r edi, biz uni darhol qabul qildik, – deya eslaydi «Figeyrense» ustozi Emerson Mariya. – Ha, u katta ma’lumotga ega emasdi, ammo maydonda juda aqlli harakat qilardi. Taktikaga tez moslashar va oqilona qarorlar qabul qilardi. Firmino shunchaki daho».

Firmino juda qiynalgan. Toki daromadi ko‘payguniga qadar hatto ota-onasini ko‘rgani borolmagan yoki ularni o‘zi chaqira olmagan. Shu bois tinimsiz pul yiqqan. Maqsadi — yoshligidagi qarori bo‘lmish futbol orqali oilasi hayotini yaxshilash edi.

Keyinchalik u hamma maqsadlariga erishdi. Qiyinchiliklari Germaniyaning «Xoffenxaym» klubi safiga o‘tganidan keyin, bu klubga ham tinimsiz gollar urganidan keyin yakuniga yetdi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 22.10.2019.
O'qildi: 6968 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.