Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Pioli: “Milan”dagi vaziyatni qiyin ekanligini rad etishdan ma’no yo‘q”

Pioli: “Milan”dagi vaziyatni qiyin ekanligini rad etishdan ma’no yo‘q”

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning «Milana» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli “Roma” jamoasiga qarshi uchrashuvda shogirdlaridan ko‘proq narsa kutganini tan oldi.

«Men ko‘proq narsa kutgandim. Biz so‘nggi o‘yinlarda juda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Jamoadagi vaziyat qiyin ekanligini rad etishdan ma’no yo‘q. Biz qo‘pol va oddiy xatolarga yo‘l qo‘yishda davom etyapmiz. Bugungi o‘tkazib yuborilgan ikki gol ham o‘zimizning xatoimiz sababli bo‘ldi.

«Roma» klubi pressing uyushtirishini bilardik, biroq, shunday bo‘lsada, oddiy vaziyatlarda ham to‘pni osonlik bilan yo‘qotdik. Bundan tashqari, raqibda savlatli futbolchilar borligini hisobga olib, standart vaziyatlarda xavfli o‘yin namoyish etishini ham bilardik. Garchi, shunday bo‘lsada bu borada raqibga qarshilik qila olmadik.

O‘tgan turda «Lechche»ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvimizga qaraganda, bugun juda yomon o‘ynadik. Agar to‘p himoya chizig‘idan hujum chizig‘iga sekin yetkazib berilsa, u holda hujum uyushtirish juda mushkul bo‘ladi», — Piolining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

Kiritildi: 15:23, 28.10.2019.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.