Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Kechagi kun qahramoni: Gassaniga haqida nimalar ma’lum?

Kechagi kun qahramoni: Gassaniga haqida nimalar ma’lum?

Baho:
+ | -

Kecha APL navbatdagi turining markaziy o‘yini bo‘lib o‘tdi. «Liverpul» klubi o‘z uyida «Tottenxem»ni qabul qildi irodali g‘alabaga erishdi. Mazkur o‘yinda Yevropa futbolida yana bir iqtidor yetishib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu «Tottenxem»ning ikkinchi darvozaboni Paulo Gassaniga bo‘ldi.

AJOYIB IMKONIYAT

Yaratganning O‘zi Gassaniganing yo‘lini ochib qo‘ydi. «Tottenxem» darvozaboni Ugo Lyoris qo‘lini sindirib, safdan chiqqanidan keyin «shporlar»da Gassanigadan boshqa variant yo‘q edi. Agar Lyorisning qo‘li sinmaganida, Gassaniga hali beri imkoniyatga ega bo‘lmasdi, ehtimol.

Xullas, kecha «Tottenxem»ning asosiy tarkibida Gassanigani ko‘rib, «qizillar» yirik hisobda g‘alaba qozonsa kerak, deb o‘ylagandirsiz, ehtimol. Ammo Gassaniga dastlabki daqiqalardanoq o‘z darvozasi uchun devorga aylandi. Rosti, uning xatti-harakatlarini ko‘rib, zaxirada o‘tirgan darvozabon ekanligiga ham ishongingiz kelmaydi. Sharhlovchi Davron Fayziyev esa o‘rinli mulohaza bildirdi: «Agar Gassaniganing o‘rniga Lrois bo‘lganida, ehtimol, ikki-uchta gol o‘tkazib yuborgan bo‘larmidi?»

Gassaniga o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalandi va tanilishga ulgurdi.

NIMALAR MA’LUM?

Paulo Gassaniga haqida hozircha internetda ko‘p narsa ma’lum emas. Topgan ma’lumotlarimiz esa quyidagicha:

To‘liq ismi Paulo Dino Gassaniga bo‘lgan futbolchi 1992 yilning 2 yanvarida Argentinaning Myorfi shahrida tug‘ilgan.

Gassaniga faoliyatini Ispaniyaning «Valensiya» klubida boshlagan, ammo kuchli raqobat tufayli ushbu klub safida maydonga tusha olmagan. 2011 yilda esa Ispaniyani tark etib, Angliyaning «Jillingem» klubi safiga qo‘shilgan. Ikkinchi ligada ishtirok etadigan ushbu jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Shu yilning 4 oktyabrida u Liga kubogi doirasida «Barnet» klubiga qarshi maydonga tushgan, bu uning yangi klubi safidagi debyut o‘yini edi.

Gassaniganing ikkinchi liga chempionati doirasidagi debyut o‘yini 2012 yilning 28 yanvariga to‘g‘ri keldi. U «Akkrington Stenli» jamoasiga qarshi kechgan chempionat doirasidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida maydonga tushdi.

Shu yilning yozisha Paulo «Sautgempton»ga o‘tdi. Gassaniga yangi klubi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. 22 sentyabrda «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda u APLda ilk bor maydonga tushdi. Ikkinchi mavsumda esa jamoaga kelgan polshalik Artur Borus asosiy tarkibni egalladi. Ammo 2013 yilning 1 dekabrida u «Chelsi»ga qarshi o‘yinda qo‘lini sindirib olgach, Gassaniga darvozani qo‘riqlaydigan bo‘ldi.

2016 yil yozida Paulo ijara asosida «Rayo Valyekano»ga o‘tdi. 20 avgustda esa Segundada debyut o‘yinini o‘tkazdi — «Elche»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. 2016/2017 yillardagi mavsumda Gassaniga «Rayo Valyekano» safida Segundada 32 ta o‘yinda ishtirok etdi.

2017 yilning 24 avgustda Paulo «Tottenxem» a’zosiga aylandi, u jamoa bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. «Shporlar» rahbariyati uni klubda ijara asosida o‘ynaydigan Po Lopesning o‘rniga sotib olishgandi. Shuningdek, unga asosiy posbon Ugo Lyorisning o‘rnini egallash uchun Mishel Vormga raqobatchi sifatida qarashdi.

«Tottenxem» ustozi Maurisio Pochettino Gassaniganing hamyurti hisoblanadi. Paulo Pochettino bilan «Sautgempton»da ham birga ishlagan. Darvozabon «shporlar» safida debyut o‘yinini 2018 yilning 22 sentyabrida «Brayton» jamoasiga qarshi o‘tkazgan.

TERMA JAMOA SAFIDA

Paulo Gassaniga terma jamoa safida ham o‘ynashga ulgurdi. U 2018 yilning 20 noyabrida Meksika termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida Argentina darvozasini qo‘riqladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:55, 28.10.2019.
O'qildi: 5100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.