Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Zahirada qolib ketayotgan top futbolchilar

Zahirada qolib ketayotgan top futbolchilar

Baho:
+ | -

Ushbu mavsum bizga ko‘plab yangi nomlarni taqdim etgan bo‘lsada, ba’zi futbolchilarning o‘yinlaridan bahra olishimizga yo‘l qo‘ymayapdi. Afsuski, hozirda dunyo darajasidagi futbolchilar zahira o‘rindig‘iga mixlanib qolishan va ularnin kelajagi katt savol ostida qolmoqda. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.

Isko


Yangi mavsumda «Real Madrid» jamoasiga Zidan qaytgach, Isko maydonda ko‘proq ko‘rinish berishi tahmin qilingan edi, biroq hammasi o‘zgacha tus oldi. Ispaniyalik futbolchi jarohati tufayli 6 ta o‘yinda ishtirok eta olmagan bo‘lsada, YCHL o‘yinlarida zahirada qoldirildi. Chempionat bahslarida bor yog‘I 5 ta to‘liq bo‘lmagan o‘yin o‘tkazdi xolos. Santiyago Solari davrida futbolchi murabbiy bilan urushib qolgani uchun zahiradan joy olgan bo‘lsa, Zidan qaytgach ham vaziyat o‘zgarganicha yo‘q. Bundan tashqari, jamoa yozda Hamesni ortga qaytardi va Eden Azarni harid qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qishda futbolchi o‘z faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. OAV tarqatgan xabarlarga qaraganda, uning keying manzili «Napoli» jamoasi bo‘lishi kutilmoqda.

Nabi Keyta



60 million yevro egaziga harid qilingan gvineyalik futbolchi yangi mavsumda to‘liq asosiy tarkibdan tushib qolmoqda. Jamoaga kelgach, Stiven Jerrardning 8-raqamini olgan Keytadan nafaqat muxlislarning balki, Yurgen Kloppning ham umidlari katta edi. O‘tgan mavsumdan farqli o‘laroq, «Liverpul» Nabi Keytaning hizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Yangi mavsumda atigi 204 daqiqa harakat qilgan yarim himoyachi chuqur zahira o‘rindig‘ida joy olishiga jarohatlarning ham ta’siri bor, biroq Keyta o‘z formasini tiklab olishi uchun «Liverpul» klubi uzoq kutishiga to‘g‘ri keladi.

Joau Kanselu



Ushbu mavsumda juda ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Kanselu uchun «Shaxarliklar» 65 million yevrodan voz kechishgani g‘alati. O‘tgan mavsumda «Yuventus»da o‘zini yaxshi his etgan qanot himoyachisi «Manchester Siti»dagi raqobatda mag‘lub bo‘lmoqda. Gvardiola so‘nggi o‘yinlarda futbolchiga imkon berayotgan bo‘lsada, o‘ng qanot himoyasida Kayl Uoker ancha ishonchliroq o‘yn naoyish etmoqda. Konselu APLning ilk 7 ta turida atigi 37 daqiqagina maydonda to‘p surdi xolos. Katta ehtimol bilan aynan Konselu rotasiya qilish maqsadida Uokerning dam olishi uchungina maydonga tushmoqda. Bir oz fursat o‘tgach, uni yana zahira o‘rindig‘ida ko‘rsak, ajam emas.

Ivan Rakitich


Katoloniya klubi sharafini bir necha yillardan beri himoya qilib kelayotgan Ivan Rakitich ham yangi mavsumda zahira o‘rindig‘iga mixlanib qoldi. Artur, De Yong, Vidal, Serjio Roberto, Busketsk singari raqobatdosh futbolchilar uning maydonga tushish imkonini kamaytirib yubormoqda. Ivan ushbu mavsum startida atigi 233 daqiqagina to‘p surdi. Bu futbolchining faoliyati davomidagi eng yomon ko‘rsatgich sanaladi. Shu sababli xorvat klub rahbarlaridan qishda uni qo‘yib yuborishlarini iltimos qildi. Ispaniya nashrlarining xabar berishicha, Rakitichning keying jamoasi «Manchester Yunayted» yoki «Inter» klublaridan biri bo‘ladi.

Mesut O‘zil



O‘zil o‘z faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan top darajadagi futbolchi ekanligi hech kimga sir emas, biroq hozirda u zahirada o‘tirish borasida hammadan ilgarilab ketmoqa. O‘tgan mavsumda Emiri bilan kelisha olmaga futbolchi hozirda deyarli to‘liq zahira futbolchisiga aylandi qold. Hozirda «Arsenal»ning eng qimmat futbolchisi uchun asosiy tarkibdan joy topilmayapdi. Bundan tashqari, naqd 9 ta uchrashuvda o‘yin qaydnomasidan ham tushib qolgani kishini o‘ylantirib qo‘ymoqda. «The Guardin» nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda, nemis futbolchisi qishda MLS klublaridan biriga yo‘l olishi kutilmoqda

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:00, 02.11.2019.
O'qildi: 3444 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.