Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.
Joriy yildan e’tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o‘z smartfonlarini taqdim etadi.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarishsiz qolgan. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.
Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.
Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.
Ortda qolgan oktyabr oyida Coca-Cola Superligada 3 ta tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Quyida oyning eng chiroyli goliga nomzodlar ro‘yxati taqdim etiladi:
Oktyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar:
Nomzod |
Klub |
Qaysi o‘yinda? |
Erkin Baydullayev |
AGMK |
AGMK – “Nasaf” |
Jamshid Iskanderov |
“Lokomotiv” |
AGMK – “Lokomotiv” |
Elguja Grigalashvili |
AGMK |
AGMK – “Lokomotiv” |
Oybek Bozorov |
“Nasaf” |
“Nasaf” – “Andijon” |